Educational, natural and social sciences


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 438,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.06.2023
ölçüsü438,7 Kb.
#126307
1   2   3   4   5   6
rahbarning-boshqaruv-faoliyatidagi-individual-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 12 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1154 
w
www.oriens.uz
December
2022
 
mexanizmlar, ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonida qat’iy qaror qabul qilish 
va uning bajarilish bosqichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘llanilishi lozim. 
Aks holda jamoa guruh singari mikrotuzilmalarni boshqarishda psixologik muhitni 
barqarorlashtirishda, shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilishda, ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yishda odamlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir, ta’sirlanish, taassurot, 
o‘zaro tushunish, hamdardlik kabi murakkab kechinmalar kuchi davomiyligini anglab 
yetishda nuqson va kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. 
Rahbarning boshqaruv faoliyatida bir qator ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi uning 
mehnat jamoasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit xukm surishining garovi bo‘lib 
hisoblanadi. Qadimdan kishilarda fazilatlarning turlicha bo‘lishi hamda xulq–atvorlar 
insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko‘p jihatdan bog‘liq 
ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning, 
inson badanida qon asosiy o‘rinni ishg‘ol etsa, bunday odam harakatchan, yengil 
bo‘ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko‘nikib keta oladi, o‘z atrofida sodir 
bo‘ladigan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. 
Mana shu kishilarni Gippokrat sangviniklar deb atagan. Bu lotincha “sangvinik”, 
ya’ni “qon” degan so‘zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg‘u xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Ular yangi kishilar bilan tez til topishadigan, bir ish turidan ikkinchi ish 
turiga tezda ko‘nikadigan, bir turda bajaradigan ishlarni yoqtirmaydigan, yangi 
sharoitga osonlik bilan o‘rganadigan, xushchaqchaq, harakatlari, shiddatli, nutqi tez, 
kelajakka ishonch bilan qaraydigan, so‘zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan 
gapiradigan kishilardir. Rahbar aynan keltirib o‘tilgan xususiyatlarga ega bo‘lishi juda 
muhim. 
XULOSA
Yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlar, fazilatlar va xususiyatlarning har birini 
rahbar shaxsi o‘zida tarbiyalashi, mehnat jamoasi bilan hamfikr bo‘lishi, ularning 
dardini tinglay olishi davr talabi hisoblanadi. Vaholanki, rahbarda ushbu fazilatlar 
qanchalik yuqori ko‘rsatkichda shakllangan bo‘lsa, u boshqarayotgan mehnat 
jamoasida sog‘lom ijtimoiy- ruhiy muhit xukm suradi, nizoli holatlarning oldi olinadi 
hamda stressli vaziyatlar osongina boshqariladi. O‘z navbatida, ushbu holatlar 
mehnat unumdorligining o‘sishi va mehnat samaradorligining oshishiga, mehnat 
jamoasi a’zolari ongida ertangi kunga ishonch hissining paydo bo‘lishiga, mehnat 
jamoasining jipslashuviga, shuningdek, mehnatdan begonalashuv singari salbiy 
illatlarning ildiz otmasligiga turtki beradi. 



Yüklə 438,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin