Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 270
w www.oriens.uz August 2022 beradigan, balki talabga javob beradigan xodim bo‘lib qolish uchun malakasini
oshirish yoki hatto o‘zgartirish zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashga yordam beradigan
o‘quv tizimidir.
Jahon amaliyotida xodimlarni boshqarish mehmonxona sanoatining butun
marketing strategiyasining etakchi yo‘nalishi sifatida belgilanishi bu haqiqatdir.
Bugungi kunda mijozlarga xizmat ko‘rsatish xodimdan yuqori professionallik,
ehtiyotkorlik, aniqlik, xushmuomalalik va chidamlilikni talab qiladi. Mehmonxona
biznesining zamonaviy mutaxassisini tayyorlash , mehmonxona korxonasining turli
sohalarida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasini batafsil o‘rganishni yoki
mehmonxonalar faoliyatining moliyaviy mexanizmlarini bilishni o‘z ichiga olishi
kerak. Haqiqiy mutaxassis umuman sanoat, uning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida
keng tasavvurga ega bo‘lishi kerak, bu mantiqan dastlabki ikkita tarkibiy qismdan
kelib chiqadi. Shu bilan birga, mutaxassisning tayyorgarlik darajasi nafaqat uning
shaxsiy fazilatlari, balki o‘quv jarayonini tashkil etish bilan ham belgilanadi.
Mehmonxona rahbarlari va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari o‘qituvchilari
mehmonxona menejerlarini kasbiy tayyorlashda universitetdagi o‘quv jarayonini
mehmondo‘stlik korxonalarida amaliyotni tashkil etish bilan bog'lash zarurligini
ta'kidlaydilar.[4]
Bu borada Respublikamizda ham ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Jumladan
Mamlakatimizda Mehmondo‘stlik va turizm sohasida mutaxassislarni kasbiy
tayyorlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 28-iyundagi “Ipak Yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g’risida”gi
PQ-3815-sonli qaroriga muvofiq xalqaro turizm sohasida professional kadrlar
tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib
borish boʻyicha respublikaning tashabbuslarini amaliy roʻyobga chiqarish, Shanxay
hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy va madaniy-gumanitar aloqalarini
yanada rivojlantirish, zamonaviy innovatsion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni,
fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qoʻllagan holda, turizm sohasida yuqori
malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq sifatli
tayyorlashni taʼminlashni amalga oshiradigan “Ipak yoʻli“ turizm xalqaro universiteti
tashkil etildi hamda universitetning asosiy yo‘nalishlari belgilandi [1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi “Turizm,
madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning
uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-5270-
sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasida turizm, madaniy meros va
muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta‟lim tizimini yanada