Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix18.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84814
1   2   3   4
d2148038-1cb4-4fb2-a426-c26aac0cfe36

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September, 
2022 
354
 
bilan o‘rab olingan. U qalʼa devori chetidan 9—10 m qochib turadi. Qalʼaning janubi-
g‘arbida, proteyxizmadan uch metr masofada eni -5 m ga yaqin, chuqurligi hozir 1,50 
m ga yaqin bo‘lgan xandaq bo‘lganligi aniqlandi. Proteyxizmadan foydalanish ayniqsa 
antik davrda keng qo‘llanilgan bo‘lib, bu holat Xorazmda XII – XIII asrgacha davom 
qilgan [1, б.79]. 
S.P.Tolstov olib borgan tadqiqotlari davomida otish yo‘laklaridan hamda qazilgan 
shurfdan olingan ashyoviy materiallar orasida mil. avv. IV—III asrlarga oid yirik 
idishlarning parchalari borligini alohida qayd etib o‘tilgan. Shu davrga taalluqli 
yo‘lbars tasviri tushirilgan idish parchalari topilgan [4] 
Strategiya nuqtai nazaridan muhim joyni egallagan Qo‘rg‘oshinqalʼa mil. avv. 
IV—III asrlarda yuzaga kelgan, aftidan, qadimgi Xorazm davlatining ichki hududlarini 
dasht qabilalarining shimoli-sharq tomondan bo‘ladigan hujumidan himoya qilgan [1, 
б.49]. 
S.P.Tolstov tadqiqotlarida ma’lum bo‘lishicha qadimgi Xorazmda har bir 
istehkomli inshoot dushman hujumi paytida atrofdagi qishloqlar aholisi uchun 
boshpana va istiqomat qiladigan joy bo‘lishini mo‘ljallab qurilgan. Bunday 
istehkomsiz qishloq manzillar Bozorqalʼa, Jonbosqalʼa, Аyozqalʼa, Burliqalʼa, 
Qo‘rg‘oshinqalʼa atrofida yoyilib joylashganligi aniqlangan.
Qalʼa mavjudligining ikkinchi bosqichida (I—III asrlar) adashtirma yo‘lga 
janubi-sharqdan kirilgan. Bu yo‘lning ichki bo‘shlig‘ida qum qatlami ustidan g‘isht 
to‘shalgan. Pandus barpo qilingan. Katta Qirqqiz kanalida suv yetishmasligi tufayli, 
aftidan, III—IV asrlar oxirida Qo‘rg‘oshinqalʼa va uning atrofidagi qishloqlar bo‘shab 
qolgan [5, c.109]. 
Qal’a janubiy-g’arbiy tomondan tashqari, har tomondan to‘siq devori bilan o‘rab 
olingan. Qal’a, taxminlarga ko‘ra, Qadimgi Xorazm davlati ichki qismini dasht 
qabilalari bosqinidan himoya qilgan. Qal’aning nomi turkiy “qo‘rg’oshin” so‘zidan 
olingan deb hisoblanadi va ushbu modda, taxminlarga ko‘ra, bu yerdan uzoq 
bo‘lmagan hudduddan qazib olingan [6] 
Tadqiqotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, Qo‘rg‘oshinqalʼa mintaqasidagi 
qalʼalarda olib borilgan tadqiqotlardan voha mudofaasi tashkil qilinganligi aniqlangan 
bo‘lsa, ularning istehkomlari va manzilgohlari tinch aloqalar rivoj topganidan dalolat 
beradi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin