Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
353 markazlari (Bozorqalʼa, Katta Oybo‘yir, Hazorasp, Oqshaxonqalʼa va boshqalar)
yuzaga kela boshladi, uning madaniy mintaqasi chegarasi kengaydi. So‘l sohilda,
shimolda u Ustyurt jarligigacha, g‘arbda — Sariqamish ko‘li qirg‘oqlarigacha, janubda
— Zaunguzu Qoraqumigacha yetib bordi. Chegara qalʼalar tizimini tashkil qiluvchi
yagona istehkomlar zanjiri bunyod etildi [1, б.71].
Shunday chegara qal’alardan biri qadimgi Xorazm hududida paydo bo‘lgan
Qo‘rg‘oshinqal’a hisoblanadi. Qo‘rg‘oshinqal’a himoya istehkomi hisoblanib, Xorazm
hududining sharqiy chegara qismida qurilgan. Ushbu yodgorlik bugungi kunda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hududida joylashgan. Yodgorlikda
1937-yilda S.P.Tolstov, Y.G‘. G‘ulomov va E.A.Polyakovdan iborat arxealogiya
guruhi qazishma ishlarini olib borganlar va topganlar [3, с.30]
Qal’aning shahriston burchaklari olam taraflariga yo‘nalgan 132 x 89 m
o‘lchamdagi to‘g‘ri burchak shaklida Qo‘shdevor materik qatlam ustiga qurilgan va
ayrim joylarda 14—16 m qalinlikda saqlanib qolgan. Tashqi devorning qalinligi
asosida 2,35 m, ichkisiniki — 2—2,20 m. Otish yo‘lagining eni 2,35 m. Tashqi devor
asosga qarab 85° nishab qilib ko‘tarilgan. Qal’a Devorning quyi qismi materikdan 1,52
m balandlikda paxsadan ko‘tarilgan, keyin loy qorishmada xom g‘isht (40-41 x40-41
x 10-11 sm) terilgan. G‘ishtga bitta, ikkita parellel chiziq yoki kesishuvchi to‘g‘ri
yoxud egri chizikdardan iborat tamg‘a, hatto barmoq ham bosilgan [1, б.48].
Qalʼa devori uzun tomonda uchtadan, qisqa tomonda bittadan burj bilan
kuchaytirilgan (burchak burjlari bundan mustasno). Ular to‘g‘ri burchakli va yarim
oval shaklda ishlangan. Har bir devordagi burjlar oralig‘i har xil. Shimoli-sharqiy
devorda ular bir-biridan 27—37 m masofada, janubi-sharqiy devorda esa 6—31 m
masofada joylashgan. Ularning eni 6,80—8,40 m bo‘lib, 7,60—8 m turtib chiqqan [1,
б.49].
Burchaklarni himoya qilish uchun har xil kombinatsiyalardan foydalanilgan:
shinaklar qiyalatib qo‘yilgan, burjlar qo‘shaloq va yakka qurilgan. Qalʼa devorida,
burjlarda shinaklar va darcha o‘rinlari qoldirilgan. Qal’ada 700 ga yaqin shinak
mavjudligi aniqlangan. Istehkomni mudofaa qilish uchun shuncha shinak yetarli
bo‘lgan [1, б.49].
Kirish joyi janubi-sharqiy devorning o‘rtasida bo‘lib, to‘g‘ri burchak shaklidagi
10,90x 19,80 m o‘lchamli peshdarvoza inshooti bilan himoyalangan. Аdashtirma yo‘l
devorlarida shinaklar qoldirilgan. Qal’ada qadimgi Xorazm mudofaa tizimiga xos
elementlardan bo‘lgan proteyxizmadan foydalanilgan. Qalʼa har tarafdan (janubi-
g‘arbiy tarafdan tashqari) kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan ko‘tarilgan proteyxizma