Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal September,
2022
352
QADIMGI XORAZMNING ANTIK DAVRDAGI SHAHARLARI TARIXI
(QO‘RG‘OSHINQAL’A MISOLIDA)
Baxtiyarov Sirojbek Ilxombek o‘g‘li
Ma’mun-Universiteti nodavlat ta’lim muassasasi
“Tarix va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
E-mail:
s_baxtiyarov96@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Xorazmning antik davrdagi shaharlaridan biri hisoblangan
Qo‘rg‘oshinqal’a haqida so‘z yuritiladi. Qo‘rg‘oshinqal’a
haqida olimlarning
tadqiqotlari mazmuni bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Xorazm vohasi, Miletlik Gekatiy, Xorasmiya, antik davr, Baqtriya,
Qo‘rg‘oshinqalʼa, Bozorqalʼa, Jonbosqalʼa, Аyozqalʼa, Burliqalʼa, Sug‘d, S.P.Tolstov,
Y.G‘. G‘ulomov, proteyxizma, Katta Qirqqiz, pandus.
Xorazm vohasi inson yashagan qadimgi hududlardan birisi hisoblanadi. Xorazm
hududi haqidagi ilk ma’lumotlar zardushtiylarning muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”
da va Behistun qoyalari yozuvida ham ma’lumotlar uchraydi [1, б.10].
Antik davr mualliflaridan biri bo‘lgan Miletlik Gekatiy asarida ham Xorazm
haqida ma’lumotlar mavjud. Uning asarida Xorazm
nomi Xorasmiya shaklida
uchraydi. U Xorasmiyani parfiyaliklardan sharqda joylashgan Xorasmiya viloyatidagi
yagona shahar sifatida ta’kidlab o‘tgan [2].
Xorazm vohasi Turon past tekisligining markazida Qoraqum va Qizilqum
cho‘llarining oralig‘ida, respublikamizning shimoli-g‘arbiy qismida,
Amudaryoning
quyi oqimida joylashgan bo‘lib, Amudaryo keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil
topgan madaniyat maskanlaridan biridir.
Xorazm vohasi antik davr shaharlari tarixi nihoyatda qiziqarli. Antik mualliflar
asarlarida qadimgi Xorazm qal’alari to‘g‘risida deyarli ma’lumotlar uchramaydi.
Baqtriya bilan Sug‘d mudofaa inshootlari to‘g‘risida Aleksandr yurishilari tarixi bilan
bog‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lganimiz bilan, lekin Xorazmning antik davr shaharlari
tarixi haqidagi ma’lumotlar bizga mavhumligicha qolmoqda [1, б.10].
Mil. avv. V—IV asrlar bo‘sag‘asida, ahamoniylar
davlati tarkibidan chiqqach,
Xorazm jamiyatining urbanizatsiyalashuvi jarayoni boshlandi, ko‘plab
shahar