Tarmoqda kuchlanishning qiymati nominal qiymatga ega bo‘lganida motorni qayta ishga tushirish Yurgizish knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Texnologik sabablarga ko‘ra ishlab turgan motorni o‘chirish To‘xtatish knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Bunda chulg‘am tarmoqdan uziladi, qo‘zg‘aluvchan kontakt qo‘zg‘almas kontaktdan ajraladi va motor tarmoqdan uziladi.

Kontaktorlar tok turiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kontaktorlarga ajratiladi. O‘zgarmas tok kontaktorining magnit tizimi yaxlit elektrotexnik po‘latdan yasaladi, o‘zgaruvchan tok kontaktoriniki esa magnit tizimidagi isroflarni kamaytirish maqsadida alohida izolatsiyalangan elektrotexnik po‘lat tunukachalardan yig‘iladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kontaktor
Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari kitobi