Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:
|
1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo’ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. SHuvillagancha «Neksiya» ketyapti.
|
2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: SHerzod xursand. Kuchukchaning qulog’i qirqilgan. O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.
|
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delьfin – baliq. Kaptar - parranda.
|
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.
|
5. Mavjudlik sub’ktini bildiradi: Mexmonlar bor.
|
6. Miqdor sub’ektini bildiradi: Bolalar to’rtta.
|
7. Qiyoslanuvchi sub’ektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
|
8. Ob’ekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko’rildi.
|