Eganing uyushiq qator bilan ifodalanishi
2 §. Тahlilga jalb qilingan jumlalarda eganing uyushiq qator bilan ifodalanishiga 23 misol uchradi. Bunday uyushiq qator a'zolari bosh kelishik shaklidagi sintaktik birliklarning o‘zaro teng qo‘shilishi bilan tuziladi. Buning asosiy ko‘rinishlari quyidagicha:
I. Uyushiq qator ot leksemashakl bilan ifodalangan (19):
1. Uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashmagan (19):
1) Bir xil grammatik shakllangan leksemashakl va birikmashakl bilan ifodalangan (3): S e p n i n g b o y l i g i , t u r i, r a n g b a r a n g l i g i hammani hangmang etdi (Oybek). D o‘ p p i y e l i m i, k e r o s i n h i d i anqib turgan suv muzdakkina edi (O‘tkir Hoshimov) kabi. Ikkinchi misoldagi ega - gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
2) Uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining har xil shaklidagi leksemashakl va birikmashakl bilan ifodalangan (3): K a m b a g‘ a l u r u g‘ a y m o q, q o‘ n i q o‘ sh n i l a r, t o‘ y d a, a z a d a s e- m i r a d i g a n y u r i m s a k a y o l l a r .. piyoda jo‘nashdi (Oybek). Azizning ko‘z o‘ngida brigada shiyponi, lotokariq, yangi bog‘, qiyg‘os ochilib yotgan atirgullar, rayhonlar, to‘pto‘p jambillar jonlandi (Hamid G‘ulom) kabi. Bu jumlalarda uyushiq qatorning ayrim a'zolari birlik shaklida, ayrim a'zolari ko‘plik shaklida ishlatilgan.
3) Uyushiq qator a'zolarining grammatik shakli umumlashtirilgan (1): Axir b i- n a f sh a, ch u ch m o m a, l o l a l a r .. ochilib, yashnab yotadi (Hamid G‘ulom). Bu misolda lar ko‘plik affiksi, demak, undan keyin keladigan bosh kelishik shakli ham umumlashtirilib, go‘yo qavslardan tashqariga chiqarilgan, uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan, uyushiq qator a'zolari esa go‘yo leksemaga teng asos holatiga o‘tgan. Buni qavslar yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: [(binafsha), (chuchmoma), (lola)] lar II.
2. Uyushiq qator a'zolari oralig‘ida bog‘lovchi qatnashgan (10):
1) va bog‘lovchisi qatnashgan (b):
a) ikki a'zoli qatorda ishlatilgan (4):
- leksemashakllar uyushgan (3): Q o r v a sh a m o l kuchaya bordi (Oybak).
Oqshom esa o n a v a o‘ g‘ i l Nafisa haqida uzoq suhbatlashdilar (Hamid G‘ulom) kabi;
- juft leksemashakl va birikmashakl uyushgan (I): Boshqa uylarda q a r i n- d o sh u r u g‘ l a r v a .. t u r l i x o t i n l a r bor edi (Oybek).
b) Ko‘p a'zoli qatorda oxirgi a'zo oldida ishlatilib, sanashning tugashini ifodalashga ham xizmat qilgan; a'zolar leksemashakl hamda birikmashakl bilan ifodalangan va ular bir xil grammatik shakllangan (2): Uyning devorlaridan n a m, m o g‘ o r h i d i v a s o v u q esadi (Oybek). Bu ko‘zlarda t u y g‘ u n l i k, o l i j a n o b- l i k, k o‘ n g i l n i n g b a h o r i y t o z a l i g i, i l i q l i g i v a q a n d a y- d i r p a r i sh o n x a yo l ch a n l i k jilvalanar edi (Oybek).
2) bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida ikki a'zoli qatorda ishlatilgan (4):
a) Leksemashakllar uyushgan (3): A z i z b i l a n N a f i s a maktabda birga o‘qishgan (Hamid G‘ulom). Q i z i, k e l i n l a r i b i l a n L u t f i n i s o o‘tirgan oldingi soyabonli aravani .. (Oybek) kabi. Ikkinchi jumladagi ega - gapshakl transformasi tarkibidagi (ichki) ega.
b) Leksemashakl bilan birikmashakl uyushgan (1): Т o sh k e n t l i k y i g i t b i l a n D a v l a t b e k o v .. qaytib ketishdi (Pirimqul Qodi-rov).
3. Uyushiq qator a'zolari ham ta'kid yuklamasi bilan ishlatilgan (1). Qu-yidagi jumlada uyushiq qatorning birinchi a'zosi grammatik son paradigmasining birlik shaklida, ikkinchi a'zosi esa ko‘plik shaklida qatnashgan: S e r- k a h a m, q o‘ y l a r h a m cho‘ponning izmiga tez bo‘ysunadi (Pirimqul Qodirov).
4. Bir misolda uyushiq qator oxirida umumlashtiruvchi leksemashakl ish-latilgan; uyushiq qator a'zolari grammatik son paradigmasining birlik va ko‘p-lik shakllarida qatnashgan: Q o r o n g‘ i d a s o‘ p p a y i b t u r g a n t r a k t o r, m u t t a s i l ch a g‘ ch u g‘ q i l a yo t g a n q a r g‘ a- l a r, o s m o n d a z a n g o r i q i l i ch d e k ya l t yu l t q i l i b o‘ ch a yo t g a n ch a q m o q - h a m m a s i g‘oyib bo‘ldi (O‘tkir Hoshimov).
II. Bir misolda tasvir birliklari uyushib kelgan: Q i y ch u v, ch a- g‘ i r ch u g‘ u r quloqni kar qiladi (Oybek).
III. Uyushiq qator otlashgan birikmashakl bilan ifodalangan (3):
1. Rasmrusum nomlari otlashib uyushiq qator hosil qilgan (1): "S o ch s i l a sh", "O y n a g a q a r a sh", "Т u g‘ d i t u g‘ d i" v a h o- k a z o qariyb tongga qadar ermak bo‘ldi (Oybek).
2. Qaratuvchili birikmaga transformatsiya qilingan gapshakl gan sifatdoshi shaklida otlashib. uyushiq qator hosil qilgan (2): Sh u p a y t a l l a- q a n d a y e r k a k k i sh i n i n g .. s o‘ k i n g a n i, O l i m j o n- n i n g "Q o‘ y v o r i n g" d e b y a l i n g a n i eshitildi (O‘tkir Hoshimov). .. u n i n g h o v l i t o m o n g a g u p e t i b t u sh g a n i, .. u y t o m o n g a b o r g a n i, "K e n n o y i!" d e b ch a q i r g a n i eshitildi (O‘tkir Hoshimov).
Dostları ilə paylaş: |