Ega va uning ifodalanishi


Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi



Yüklə 63,88 Kb.
səhifə8/9
tarix17.04.2022
ölçüsü63,88 Kb.
#55600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ega va uning ifodalanishi

Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishi

4­ §. Qaratuvchining uyushiq qator bilan ifodalanishiga tahlilga jalb qilingan jumlalar orasida faqat 3 misol uchradi. Bu uch misolda qaratuv-chining uyushiq qator bilan ifodalanishiga xos quyidagi xususiyatlar o‘z aksini topgan:

1) Т o‘ r t k a r n a y, o l t i s u r n a y n i n g shovqini ko‘kni tutdi (Oybek). Bu jumlada uyushiq qator sifatlovchili birikmashakllar bilan ifodalangan; qaratqich kelishigi affiksi uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan; bu affiks umumlashtiruvchi shakl yasovchi holatida qatnashgan, go‘yo qavslardan tashqariga chiqarilgan, birlik son ko‘rsatkichi esa har bir uyushuvchining o‘zida saqlangan: [(to‘rt karnay  I ­), (olti surnay  I-)]  ning. Kelishik affiksining bunday umumlashtirilishi bilan uyushiq qator a'zolari asli kelishikdan xoli, tugallanmagan grammatik shaklda bo‘ladi, lekin tashqi ko‘rinishda bosh kelishik shaklida turgandek ko‘rinadi.

2) Kuyov .. h a v o n i t i t r a t g a n k a r n a y l a r, s u r n a y- l a r sadosi bilan o‘zinikiga ketdi (Oybek). Bu jumlada uyushiq qator sifatlovchili birikmashakllar bilan ifodalangan; qaratqich kelishigi belgisiz shaklda ishlatilgan va uyushiq qatorga yaxlitligicha qo‘shilgan: {[(havoni titratgan) X (karnaylar­, surnaylar­)]  ning} X sadosi bilan. Demak, bu misolda ham uyushiq qator a'zolari to‘liq grammatik shakllanmagan, go‘yo asosga teng holatda qatnashgan.

3) .. Hulkar bilan Avazni q o‘ y l a r v a t o g‘ m a n z a r a l a r i orasida .. suvratga oldi (Pirimqul Qodirov). Bu jumlada uyushiq qatorning birinchi a'zosi leksema bilan, ikkinchi a'zosi qaratuvchili birikma bilan ifodalangan, ular oralig‘ida va bog‘lovchisi qatnashgan; har ikki a'zo ko‘plik shaklida ishlatilgan; ikkinchi a'zoning qaralmishiga III shaxc nisbatlovchisi qo‘shilgan; uyushiq qator yaxlitligicha qaratqich kelishigining belgisiz shaklida orasida leksemashakliga bog‘langan: {[(qo‘ylar­) va (tog‘ manzaralari­)]  | ning|} X {orasida}.



Yüklə 63,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin