Ega va uning ifodalanishi


II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi [Pm] ning xususiyatlari bilan bog’liq



Yüklə 63,88 Kb.
səhifə2/9
tarix17.04.2022
ölçüsü63,88 Kb.
#55600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ega va uning ifodalanishi

II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi [Pm] ning xususiyatlari bilan bog’liq.

1.керак, lozim, mumkin, zarur, darkor, muhim, shart, joiz, farz kabi kesimlik so’zlari harakat nomlari bilan kesim mavqeida kelganda, egasiz gaplar vujudga keladi. Bunda [Pm) tarkibidagi uchta - mayl, zamon, inkor, tasdiq turli shakl va ma‘nolarda bo’lib, ularning shaxs-son shakli III shaxs birlikda bo’ladi. 1.Bu haqda boshqarmada tashkil etilgan «ishonch telefonlari» orqali batafsil javob olish mumkin. 2.Bu topshiriqni bajarish shart. 3.Ustozlar ishini har doim davom ettirmoq va rivojlantirmoq kerak.



Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so’zlari Pm dagi mayl ma‘nosi ifodalovchilari bo’lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma‘nolarini ifodalovchi vositalar keladi.

2.Kesimi «fe‘lning III shaxs shart mayli+bo’ladi» qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o’zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi. 1.Hosilni o’n-o’n besh kunda yig’ib olsa bo’ladi.3.Bu ig’voning sabablarini tahlil qilsa bo’ladi.


Yüklə 63,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin