Sintaktik bo‘lakning uyushiQ Qator bilan
ifodalanishi
1 §. Sintaktik bo‘lak yakka leksemashakl bilan, yakka birikmashakl bilan ifodalanishdan tashqari o‘zaro teng aloqadagi ikki va undan ortiq leksemashakl bilan, birikmashakl bilan ham ifodalanadi. O‘zaro teng aloqadagi bunday sintaktik birliklarga uyushiq qator deyiladi. Uyushiq qator hosil etuv-chi ikki va undan ortiq a'zo (leksemashakl, birikmashakl) bir butun holda bitta sintaktik bo‘lak vazifasida keladi, shunga ko‘ra uyushiq qator bilan ifodalangan ega, sifatlovchi va h. haqida gapirish to‘g‘ri, "uyushiq bo‘laklar" terminini ishlatish noo‘rin, chunki lar affiksi "bir necha bo‘lak" tushunchasini beradi, vaholanki sintaktik bo‘lak bitta, faqat u uyushiq qator bilan ifodalangan.
Uyushiq qator a'zolari talaffuzda sanash ohangi bilan aytilib, o‘zaro qisqa pauza (to‘xtam) bilan, yozuvda esa tirnoqcha bilan ajratiladi; uyushiq qator a'zolari orasida bog‘lovchi qatnashishi mumkin, bunda tirnoqchani yozishyozmaslik bog‘lovchining turiga bog‘liq.
Тahlilga jalb qilingan jumlalar tarkibida sintaktik bo‘lakning uyushiq qator bilan ifodalanishiga 155 misol uchradi. Uyushiq qator bilan ifodalanish deyarli barcha sintaktik bo‘laklarga xos.
Dostları ilə paylaş: |