O'rin holi. Ish-harakatning bo'lish, yo'nalish, boshlanish o'rnini bildirgan hol o'rin holi deyiladi. Masalan:
Bunda bulbul kitob o'qiydi
Bunda qurtlar ipak to'qiydi. (H.O.)
Qalandar atrofiga diqqat bilan razm soldi. (0, Yo.) Tepadan unga tanish ko'chalar, uylar, dalalar bir-bir ko'rinib o'tadi. (P. Q.)
Payt holi. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiradigan hol payt holi deyiladi. Masalan: Ertalab osh suzsak, bir nasiba kam. (G'.G:.) Ular Samarqanddan kecha tun yarmida chiqqan, tong otguncha, yo'l yurib, subhidan shu jilg'aning boshidagi yong'oq-zorga kelib qo'nishgan edi.(0. Yo.)
Daraja -miqdor holi. Ish-harakatning bajarilishini daraja-miqdor jihatidan aniqlab keladigan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Masalan: Yigirma uch gul fasli, bargday umrimdan o'chdi. (U.A.) Mard bir marta o'ladi, nomard ming marta. (Maqol.) Ko'p o'yla, kam so'yla. (Maqol.)
Sabab holi. Ish-harakatning bajarilish sababini bildiruvchi hol sabab holi deyiladi. Masalan:
Ne uchun sevaman O'zbekistonni,
Tuprog'in aylab ko'zga to’tiyo. (A. 0.)
Mustaqillik bo'lgani uchun biz dunyo hamjamiyatiga a'zo bo'ldik. (Gazetadan.) Sen bor uchun men bu yerlarga keldim.Elmurod xursandligidan tez-tez qadam bosib ilgari yurib ketdi. (P. T.) O'zi seni nega sevdim, Buncha bo'lmasam ojiz.
www.arxiv.uz
Maqsad holi. Ish-harakatning bajarilish maqsadini anglatuvchi hol maqsad holi deyiladi.
Bola ekan tish chiqardim.
Yovlarni tishlasin deb. (H.O.)
Ko'rgali husningni zori mubtalo bo'ldim senga. (A.N.)Atay senga she'r yozdim mustaqil O'zbekiston. (Gazetadan.) Olimpiada g'oliblarini qutlagani butun shahar to'plandi. (Gazetadan.)