Kommunikatsion tarmoq — bu kommunikatsiya jarayonining ishtirokchilari o‘rtasida axborot aloqalarini tashkil etishdir.
Guruhdagi a’zolarining soni bo‘yicha bir xil yoki turlicha bo‘lgan guruhlar uchun kommunikatsion tarmoqlarni barqarorlashgan namunalari mavjud. 18.2- chizmada nuqtalar bilan guruh a’zolari, chiziqlar bilan esa kommunikatsion aloqalar tasvirlangan. „Chambarak“ turidagi kommunikatsion tarmoqni tashkil etishda ishtirokchilar faqat yonidagi turganlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladilar.
18.2- chizma.Kommunikatsion tarmoqlarning asosiy turlari. G‘ildirak“ turidagi tarmoq guruhning markazda turgan a’zosi bilan (odatda, bu yetakchidir, u boshqalarga nisbatan ko‘proq kommunikatsion aloqalarga ega bo‘ladi) axborot almashish imkonini beradi. „G‘ildirak“ turidagi tarmoqda hukmronlikning rasmiy markazlashtirilgan iyerarxiyasi ifodalanadi, bunda qo‘l ostidagi xodimlar bir-biri bilan axborot aloqalarini o‘zining yetakchisi orqali amalga oshiradilar.
Kommunikatsion tarmoqning turi aniq bir masalalarni hal qilish mezonlarining tavsiflariga ta’sir etadi (18.2- jadval).
18.2- jadval
Masalalarni kommunikatsion tarmoqlarning asosiy turlari bilan hal qilish tavsifi
Mеzon
Tarmoqning turi
«chambarak»
«zanjir»
«g’ildirak»
Tеzlik
sеkin
tеz
tеz
Aniqlik
yomon
yaxshi
яхши
Tashkilotchilik
sust
o’rtacha
tеz
Еtakchilik
yo’q
bosib qo’yiladi
aniq ifodalangan
Asoslanish
juda yuqori
past
juda yuqori
Kerakli natijalarga qarab qarorni u yoki bu guruhga taklif qilish mumkin. Menejer, jamoada qulay muhit yaratilishini ta’minlash uchun qo‘l ostidagi xodimlarning bir-biri bilan muomala qilish usullarini o‘rganib chiqishi kerak. Jamoada ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish maqsadida rahbar, ayrim xodimlarning o‘zini tutishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi lozim.