• Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida
kechishi, bu jarayonda qatnashuvchilarning
tashabbuskorligi, tadbirkorligi ham uyg`unlashishi lozim.
• yangi yerlarni kompleks o’zlashtirish, zax va sho’rlangan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv
bilan
ta'minlanish tadbirlarini amalga oshiradigan ishlab
chiqarish vositalarini yaratish, takomillashtirish;
• tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli
va serhosil
urug` navlarini, sermahsul chorva zotlarini yaratish;
• qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan
barcha ish jarayonlarini avtomatlashtirish,
elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda
mexanizatsiyalashtirishni ta'minlaydigan vositalarni
yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;
• 3. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika resurslari bilan
ta'minlanganlik hamda ulardan foydalanganlik darajasini
ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi
•
Qishloq xo’jalik korxonalarini moddiy-texnika
resurslari bilan talab darajasida ta'minlashga doimo
katta e'tibor berilmoqda. Chunki bu sarflanadigan
mehnat hamda mablag` xarajatlari kamayishi,
mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi
ko’payishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan,
qishloq xo`jalik korxonalarining moddiy-texnika
vositalari bilan ta'minlanish va bu vositalardan
foydalanish jarayonini va bu boradagi o`zgarishlarni
bilish talab etiladi.