Part 3, 2
3
.03.2022
nafaqat
tashqi kuzatuvchilarga, balki alohida davrida aloqada bo‘lgan boshqa
kuzatuvchilarga ham javob beradi. Ya’ni, jonli mavjudot moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Bu xususiyat turli tarzda namoyon bo‘ladi, unga faqat tor ma’noda qaramaslik kerak.
Hayvonot turlarining katta guruhi ob-havo sharoitlariga ham sust va faol moslashadi. Shu
nuqtai nazardan moslashuv shunday jarayondirki,
u ham organizmlarga, ham uni o‘rab
turgan atrof muhitga taalluqlidir. Insoniyat jamiyati o‘zining butun tarixi davomida atrof
muhit bilan uzliksiz munosabatda bo‘ladi. Bunda u atrof muhitga muttasil moslashib
boradi. Lekin bu moslashuv faol xarakterga ega bo‘ladi. O‘z atrofidagi muhitni va turmush
tarzini asta-sekin takomillashtira borish insonning moslashuvida ayni faol shakl hisoblanadi.
Inson atrof muhitga o‘z ta’sirini mehnat orqali amalga oshiradi. U ijtimoiy ishlab chiqarish
jamiyatini
tabiatdan ajratibgina qolmay, balki jamiyatni tabiatning qolgan qismi bilan
boglaydi ham. Boshqa jonli organizmlardan farqli o‘larok, ayni ishlab chiqarish tabiatni
o‘zgartiruvchanlik faoliyati o‘ziga xos va insonga xos faoliyatidir. Inson o‘z
atrofidagi
muhitni shakllantiradi. Tabiat va inson jonli mavjudotlarni tashkil etadi. Jamiyat tabiatdan
tashqari o‘zining noorganik jismida yashay olmaydi. Xorijiy ijtimoiy amaliyotchilar, ijtimoiy
gigiyenachilar fan-texnika taraqqiyotining insoniyat taqdiriga ta’sirini baholab, fan va
texnika o‘z-o‘zidan insoniyatni elektron jannatga olib keladi, deb hisoblaydilar. Unda hozirgi
zamonning barcha ziddiyatlari bartaraf etiladi, odamlar va maorif rivoji ta’siri
ostida eng
oliy ahloqiy sifatlarga ega bo‘ladilar. Keyingi vaqtda yangi texnikaning umumiy tez
rivojlanishi bilan birga xavfsizlikni ta’minlashda ham sezilarli siljish kuzatilmoqda. Ammo
hayotning barcha jabhalari jadal texnikalashayotgani, texnikaviy uskunalar sonining keskin
ko‘payishi, ular hayoti tabiiy sharoitlarini uning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilishning
samarali chegaralari jiddiy ravishda keskinlashmoqda. Bu ziddiyat o‘z manbasiga ko‘ra
ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan bog‘liq emas va texnikani keng qo‘llaydigan
har bir jamiyatda paydo bulaveradi. Ammo ishlab chiqarish
munosabatlari xarakteri bu
ziddiyatlarni hal etishning shakl va usullariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘tmishdan xulosa
chiqarib, ilmiy texnikaviy va muxandislik loyihalarini chinakamiga va ulkan miqyoslarga
ijtimoiy ekspertiza qilishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu ishga keng
jamoatchilikni jalb etish
lozim. Ana shunda loyihalarni nazoratsiz ishlab chiqish va ularni amalga oshirish oqibatida
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ekologik va boshqa qusurlarni juda kamaytirish va qolaversa
to‘la yo‘q qilish mumkin. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari jiddiy tus olgan
hozirgi davrda tabiat va jamiyat urtasidagi munasabatlarni muvozanatga keltirish asosiy
vazifalardan hisoblanadi.