Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish usullari haqida



Yüklə 390,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.10.2023
ölçüsü390,09 Kb.
#152448
1   2   3
Boltayev Mirzobek


Part 3, 2
3
.03.2022 
nafaqat tashqi kuzatuvchilarga, balki alohida davrida aloqada bo‘lgan boshqa 
kuzatuvchilarga ham javob beradi. Ya’ni, jonli mavjudot moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Bu xususiyat turli tarzda namoyon bo‘ladi, unga faqat tor ma’noda qaramaslik kerak. 
Hayvonot turlarining katta guruhi ob-havo sharoitlariga ham sust va faol moslashadi. Shu 
nuqtai nazardan moslashuv shunday jarayondirki, u ham organizmlarga, ham uni o‘rab 
turgan atrof muhitga taalluqlidir. Insoniyat jamiyati o‘zining butun tarixi davomida atrof 
muhit bilan uzliksiz munosabatda bo‘ladi. Bunda u atrof muhitga muttasil moslashib 
boradi. Lekin bu moslashuv faol xarakterga ega bo‘ladi. O‘z atrofidagi muhitni va turmush 
tarzini asta-sekin takomillashtira borish insonning moslashuvida ayni faol shakl hisoblanadi. 
Inson atrof muhitga o‘z ta’sirini mehnat orqali amalga oshiradi. U ijtimoiy ishlab chiqarish 
jamiyatini tabiatdan ajratibgina qolmay, balki jamiyatni tabiatning qolgan qismi bilan 
boglaydi ham. Boshqa jonli organizmlardan farqli o‘larok, ayni ishlab chiqarish tabiatni 
o‘zgartiruvchanlik faoliyati o‘ziga xos va insonga xos faoliyatidir. Inson o‘z atrofidagi 
muhitni shakllantiradi. Tabiat va inson jonli mavjudotlarni tashkil etadi. Jamiyat tabiatdan 
tashqari o‘zining noorganik jismida yashay olmaydi. Xorijiy ijtimoiy amaliyotchilar, ijtimoiy 
gigiyenachilar fan-texnika taraqqiyotining insoniyat taqdiriga ta’sirini baholab, fan va 
texnika o‘z-o‘zidan insoniyatni elektron jannatga olib keladi, deb hisoblaydilar. Unda hozirgi 
zamonning barcha ziddiyatlari bartaraf etiladi, odamlar va maorif rivoji ta’siri ostida eng 
oliy ahloqiy sifatlarga ega bo‘ladilar. Keyingi vaqtda yangi texnikaning umumiy tez 
rivojlanishi bilan birga xavfsizlikni ta’minlashda ham sezilarli siljish kuzatilmoqda. Ammo 
hayotning barcha jabhalari jadal texnikalashayotgani, texnikaviy uskunalar sonining keskin 
ko‘payishi, ular hayoti tabiiy sharoitlarini uning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilishning 
samarali chegaralari jiddiy ravishda keskinlashmoqda. Bu ziddiyat o‘z manbasiga ko‘ra 
ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bilan bog‘liq emas va texnikani keng qo‘llaydigan 
har bir jamiyatda paydo bulaveradi. Ammo ishlab chiqarish munosabatlari xarakteri bu 
ziddiyatlarni hal etishning shakl va usullariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘tmishdan xulosa 
chiqarib, ilmiy texnikaviy va muxandislik loyihalarini chinakamiga va ulkan miqyoslarga 
ijtimoiy ekspertiza qilishni yo‘lga qo‘yish zarur. Bu ishga keng jamoatchilikni jalb etish 
lozim. Ana shunda loyihalarni nazoratsiz ishlab chiqish va ularni amalga oshirish oqibatida 
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ekologik va boshqa qusurlarni juda kamaytirish va qolaversa 
to‘la yo‘q qilish mumkin. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish muammolari jiddiy tus olgan 
hozirgi davrda tabiat va jamiyat urtasidagi munasabatlarni muvozanatga keltirish asosiy 
vazifalardan hisoblanadi. 


“International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science” 
Part 3, 2
3
.03.2022 
FOYDALANILGAN MANBALAR

1.
A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov, Sh.Azimov "Amaliy geografiya". - G`afur 
G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. - Toshkent, 2012. 
2.
Шахназаров Г. Куда идёт человечество. - M., 1985. 
3.
Otaboyev Sh., Nabiyev M. Inson va biosfera. - T., 1995. 
4.
Сангинов С. Философский анализ глобальных процессов. - T., 1996. 

Yüklə 390,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin