Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish usullari haqida



Yüklə 390,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü390,09 Kb.
#152448
  1   2   3
Boltayev Mirzobek



“International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science” 
Part 3, 2
3
.03.2022 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6380156
 
 
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI, 
BARTARAF ETISH USULLARI HAQIDA 
 
Boltayev Mirzobek 
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti 
Ilmiy rahbar: DSc, dot
. S.A.Hashimova 
Annotatsiya:
Mazkur maqolda fan texnikaning shiddatli taraqqiyoti hozirgi vaqtda 
insonning tabiatga ta’sir ko‘rsatishi doirasi va miqyoslarining kengayganli antropogen 
omillarning ta’sirida tabiiy muhitda o‘zgarishlarga olib kelganligi, bu jarayon ta’sirida 
ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish usullari haqida 
haqida bayon etadi. 
Kalit so‘zlar
:
ekologiya, resurs, inqilob, texnologiya, formatsiya, atrof-muhit, fan va 
texnika 
 
Fan texnika inqilobi jamiat va tabiatning o‘zaro munosabatida sifat jihatidan yangi 
bosqichni boshlab berdi. Bu bosqich tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish g‘oyat zarurligi 
sayyoramizdagi mavjud resurslardan misli ko‘rilmagamn darajada foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Fan texnika inqilobi ilgari ma’lum bo‘lmagan texnik va texnologik vositalarni 
yuzaga keltirdi. Inson fan va texnika inqilobi natijasida tabiatga munosabat borasidagi 
erkinlikda yangi bosqichga ko‘tarildi, natijada u o‘ziga ilgari buysunmagan ko‘pgina 
kuchlarni jilovlab oldi. Fan texnikaning shiddatli taraqqiyoti hozirgi vaqtda insonning 
tabiatga ta’sir ko‘rsatishi doirasi va miqyoslarining kengayganligi shunga olib keldiki, 
antropogen omillarning ta’sirida tabiiy muhitda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bunday 
o‘zgarishlar esa hayotning moddiy asoslarini qo‘pormoqda. Insonni o‘rab olgan atrof-
muhitni, jamiyat hayot faoliyati uchun yaroqsiz holatga aylantirmoqda, sayyoramizning 
o‘lib borish xavfini tug‘dirmoqda. Hayot kechirish vositalarini saqlab qolish muammosi asr 
mavzusiga aylanib, jahon jamoatchiligi diqqat markazida turibdi. Ishlab chiqarish 
jarayonlari oqibatida muhitning ifloslanishi kelgusi avlodlar uchun mutloqo ochiq-ko‘rinib 
turgan xavf bo‘libgina qolmay, balki u hozirning o‘zida ham ijtimoiy halokat yoqasiga kelib 
qoldi. Fan texnika inqilobi atrofimizni o‘rab turgan tabiatga ijtimoiy ta’sirning kuchayishi 
tabiatning jamiyatga ta’siri kuchayishiga olib kelganligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Ishlab 
chiqarish jarayonlarining ro‘y berayotgan jadallashuvi xalq xo‘jaligiga tobora o‘sib boruvchi 
miqdorlarda tabiat boyliklarini jalb qilishni taqozo etadi. Bu bilan jamiyatning tabiatga 


“International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science” 

Yüklə 390,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin