Ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish usullari haqida



Yüklə 390,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix05.10.2023
ölçüsü390,09 Kb.
#152448
1   2   3
Boltayev Mirzobek


Part 3, 2
3
.03.2022 
bevosita qaramligini ham kuchaytiradi. Hozirgi fan texnika inqilobi davrida insonning tabiat 
boyliklaridan foydalanish imkoniyatlari g‘oyat kengayadi. Shu bilan birga sanoat ishlab 
chiqarishning tabiatga va atrof muhitga xavfli zararli tasiri ancha ortadi. Keyingi 100 yilda 
insoniyat energetika boyliklarini ming barobar ko ‘paytirdi. Bu esa unga tabiatga jiddiy va 
oqibatlari uzoqqa cho‘ziladigan tasir o‘tkazish imkonini beradi. Fan texnika inqilobi 
davomida bu ko‘rsatkichlar yana o‘ib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmi endilikda har 15 yilda 2 barobarga ortmoqda. Shunga muvofiq 
ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni bulg‘ovchi xo‘jalik faoliyati chiqindilari 
miqdori ham ikki barobar ko‘paymoqda. Ishlab chiqarish tabiatdan 100 shartli birlikni oladi, 
lekin 3-4 qismidan foydalanadi xolos. Qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar 
ko‘rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan 
mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shundan 
ayrim hollarda 1-1.5 % etmasa istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa 
ko‘pincha tabiat uchun ham xavfli bo‘lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga 
olib keldiki, birinchidan, biosferaning harakat qilish jarayonlari jadallashadi; ikkinchidan 
biosferaning materiya va energiyaning yangi ko‘rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy 
ko'rinishda bo‘lmaydi; uchinchidan, tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi 
yo‘nalishlari harakatga ega bo‘lib boradi. Jamiyatning tabiat bilan munosabatlaridagi 
uygunlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo‘yaversa, bora-bora 
muammolar ham ko‘ndalang bo‘ladi. Hozir atrof muhitga ta’sir o‘tkazishning asosiy 
yo‘nalishlari - bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori 
sur’atlarda o‘sishi, moddiy iste’molning yuqori darajadaligi deb hisoblanmoqda. Keyingi 
yillarda ilgari ma’lum bo‘lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o‘ziga 
xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bolgan 
genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari 
bo‘lmagan kimyoviy moddalar massasini ko‘payishidan avj oladigan zaharlanishi-allergik 
kasalliklar shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining sog‘ligini va umuman 
inson rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o‘ynadi. Sog‘liqni yaxshilash va 
mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratilsa, uning ta’sirini hazm qilish mumkin. 
Ijtimoiy guruhda odamlar birligi tarixiy shakllari oila, ishlab chiqarish jamoasi, kasbkorlar 
guruhi, millat, davlat, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli darajalarda aloqalar va 
munosabatlarning ijtimoiy tizimini chuqur urganmasdan inson ekologiyasini tushunib 
bo‘lmaydi. Ekologik vaziyat turli ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat va tabiatning 
o‘aro ta’siri aniq shakllarining rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Organizm bilan 
atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat moslashuv negizida ro‘y beradi. I.P.Pavlovning fikricha, 
jonzot eng umumiy tavsifi shundan iboratki u o‘zining muayyan o‘ziga xos faoliyati bilan 


“International Scientific and Practical conference "Topical Issues of Science” 
Yüklə 390,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin