Ekologik muammolar Milliy haxfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarni ko`rib chiqar ekanmiz, ekologik havfsizlik va atrof muhitni muhofaza qilish muammosi alohida e`tiborga molikdir. Ochiq e`tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynida eski ma`muriy – buyruqbozlik tizimi sharoitida bu muammo bilan jiddiy shug`ullanmagan. Aniqrog`i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai, o`z mamlakatlarining kelajagiga, tabiiy boyliklari saqlanib qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan odamlarning esa “qalb nidosi” bo`lib kelgan. Biroq ularning vijdonga, fuqorolik burchiga, nihoyat aql-idrokka da`vatlari to`ralashib ketgan sovet partiya amaldorlarining sovuq, hatto aytish mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa ham bo`ladi. Tabiiy va meniral hom – ashyo zahiralaridan vahshiylarcha, ekstensiv usulda, juda katta harajatlar va isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangan sotsialistik xo`jalik yuritish tizimining butun mohiyatiga mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda bo`lish g`oyasi butunlay yot edi. Aksincha, boyliklardan bunday foydalanish ikki tuzumning iqtisodiy musobaqasida mamlakatning asosiy dastagi, eksport imkoniyatlarining negizi bo`lib keldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi bosh maqsad ekstensiv omillarga qaratilgan edi. Tabiiyki, bunday sharoitda yahirin boyliklardan oqilona foydalanishni tartibga soladigan, tabiatning , atrof – muhitning himoya qilinishini kafolatlaydigan biror – bir me`yorlar va qoidalarga rioya qilish haqida gap ham bo`lishi mumkin emas edi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag` ajratilardi. Bu mablag` tabiatga yetkazilayotgan zararning mingdan bir qismini ham qoplamas edi. O`rmonlar o`ylamay – netmay, vahshiylarcha kesib tashlanar edi. Yoqilg`i va meniral –xom ashyo zahiralari real ehtiyoj bilan taqqoslanmagan holda juda ko`p miqdorda qazib olinganligidan ko`pchilik qismi qayta ishlanmagan chiqitlar sifatida o`yilib ypotar edi. Tabiatni muhofaza qiluvchi eng oddiy tozalash inshootlariga ega bo`lmagan bahaybat sanoat korxonalari faol bunyod etildi. Natijada barcha zaharli sanoat chiqindilari ulkan havo kengliklarini, suv havzalarini, yer maydonlarini, ifloslantiradigan bo`ldi. O`z kolami jihatidan beqiyos darajada katta gidroenergetita loyihalarini ro`yobga chiqarish, transport kommunikatsiyalarini (BAM, Turksib kabi yo`llari, avtomobil, neft-gaz magistrallarini va irrigatsiya tarmoqlarini) bunyod etish nafaqat tabiiy zahiralarni qashshoqlashtirdi. Butun boshli aholi punktlarining yo`q bo`lib ketishiga, ekologik muvizanat, iqlim, odamlarning hayot va faoliyat sharoitlarining buzilishiga ham olib keldi.
Bu muammo so`nggi yillarda yanada keskinlashdi. MDH ga a`zo bo`lgan bir qancha mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga betartib so`ratda o`tishi, tabiiy va meniral – xom ashyo zahiralaridan foydalanishda boshqaruvning barham topgani, nazorat qilinmaganligi natijasida ular tashib ketila boshlandi. Vahshiylarcha qazib olind va arzon narxlarda eksport qilindi. Ayrim “yangi boyvachchalar” deb ataluvchi va korrupsiya domiga ilingan butun-butun guruhlar uchun qo`shimcha foyda olish manbaiga aylandi. Shu bilan birga, ular o`zlarining ochko`z manfaatlari yo`lida hozir va kelgusi avlodlarning ekologik xavfsizligini, salomatligi va farovonligini qurbon qilmoqdalar. Benihoya ulkan moddiy boyliklar, insoniyatning noyob yutuqlari vijdonsizlarcha o`g`irlab ketilmoqda. Bu bilan butun atrof – muhitga ham juda katta zarar yetmoqda, iqlim buzilmoqda. Eng yomoni esa bir necha avlod kishilarining tabiiy hayot va faoliyat sharoitlariga putur yetmoqda.
Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z-o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir. Afsuski, hali ko`plab ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsizlik bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o`zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo`ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o`nglab bo`lmas falokatlarga olib keladi.
Xulosa Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimizning rahbariyati asosiy e`tiborni qaratdi, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi.
Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir.
Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi. Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamoyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish av boshqarish streategiyasini optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi. Jamiyat va tabiat orasidagi o`zari ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhit sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga kelishiga ko`ra, o`ziga xos mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.
Markaziy Osiyo mintaqasi – ekologik falokatning g`oyat havfli hududlaridan biridir. “Vaziyatning murakkabligi shundaki, - deb ta`kidlaydi Islom Karimov o`zining “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida” kitobida, - u bir necha o`n yilliklar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas balki, bu mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir”. Sayyoramizni kelajak avlod uchun sof holda saqlab qolishimiz zarur ekanligini butun insoniyat e`tirof etmoqda. XXI asrda yangicha dunyoqarash va ekologik tafakkur shakllanmoqda. Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora – tadbirlar atrof – muhtni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayortir.