I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.
Mustaqil yurtimiz iqtisodiy rivojlangan jannatmakon o`lka bo`lib qolishi uchun sog`lom ekologik jihatdan toza atrof – muhitni yaratish, odamlar salomatligini asrash muhimdir. Insonning butun hayoti – tug`lishi, yeb – ichishi, o`sib – unishi, mehnat qilishi – barcha barchasi tabiat bilan payvand.
Yer kurrasi atrofini o`rab olgan havo qatlamiga atmosfera deymiz. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli o`zgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormoqda. Bundan tashqari, yer sifatidan uchib chiqqan turli – tuman chang, metal zarralari havoga to`planib, maxsus inversiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug`lik oqimini yer sirtiga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Oqibatda yerda iqlim o`zgaradi. Tirik mavjudotning hayoti havf ostida qoladi. Hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmoqda. Demak, har bir madaniyatli kishi atmosfera va uning ahamiyati haqida ma`lum darajada ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim.
Havo yer kurrasining tarkibiy qismi, hayot ana shu havo qatlami ostida paydo bo`lgan. Undagi hayot kosmik ta`sirlar bilan bevosita bog`langan. Atmosferaning yuqori qatlamiga har sekundda kosmos va quyoshdan nihoyatda katta quvvatga ega bo`lgan to`lqin oqimlari: nurlanish, shiddatli roentgen nurlari va boshqalar kelib turadi. Ammo ularning ko`pi atmosferaning yuqori qatlamlarida tutilib qoladi. Aks holda zararli radiatsiyadan yerdagi hayot nobud bo`lgan bo`lardi. Atmosfera quyosh nurini hayot yaratsa zarur bo`lgan miqyosda o`tkazib, yerning isishiga imkon yaratadi, undan qaytayotgan nurlarni esa olam fazosiga tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bu hol yerni sovib qolishdan saqlaydi va sutka davomida havo haroratining keskin o`zgarishiga to`sqinlik qiladi.
Atmosferasiz yer ham oyga o`xshab “o`lik” jism bo`lardi. Armosferasiz daryo, dengiz, okean, muzliklar Quyosh quvvati ta`sirida bug`lanib fazoga tarqalib ketgan bo`lar edi. Atmosfera yerni meteorlar oqimidan himoya qiladi.
Atmosfera nafaqat tiriklar manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Sanoat korxonalari va avtomobillardan chiqayotgan bunday zararli gaz tutun va changlar atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Borliqni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari ta`siridan saqlaydigan ozon qatlami kundan – kunga yemerilib, ,butun dunyo olimlari oldida global muammo bo`lib qolmoqda.1
Ayniqsa, XXI asrga kelib yer sharining himoya qatlami ancha siyraklashgan. Hozir BMT ning atrof – muhit muammolari bilan shug`ullanuvchi YuNEP dasturi ozon qatlamining muhofaza qilish bo`yicha sa`y – harakatlar olib bormoqda. O`zbekiston ham bir qancha konvensiyalarga qo`shilib, ozon qatlamini zararli moddalardan muhofaza qilishga oid Vena konvensiyasini va Memorial Protokolni ratifikatsiya qilgan.
Shaxrimiz chiroyiga dog` bo`lib, mahallalat hududlarida, katta ko`chalar atroflarida, ariq bo`ylarida to`p – to`p yonayotgan va havoga zaharli konserogen islarni chiqarayotgan axlat uyumlari so`nggi paytlarda bizning befarqligimiz ortayotganligini ko`rsatayapti. Xolbuki, axlatxonalardan chiqayotgan tutunning zarari inson salomatligi uchun sanoat korxonalaridan chiqayotgan islardan ham ko`ra ming chandon zararlidir. Shunday ekan, chiqindilarni shahar tashqarisiga olib chiqib tashlash bilan masala hal bo`lmaydi. Fikrmizcha , har bir yirik korxona, har bir tuman o`z hududidagi chiqindilarni bartaraf qilishlari uchun kichik – kichik zavodlarni ishga tushirishlari lozimga o`xshaydi.
Bir paytlar Amerikadagi Michigan ko`li, Angliyadagi Temza daryosi, Yevropadagi Reyen daryosi kabi mashhur daryolar sirasiga kirib qolganligini ko`pchilik bilmasa kerak. Rivojlangan ushbu mamlakatlarda amalga oshirilgan ekologik tadbirlar natijasida bu daryolarga qayta “jon” ato etildi. 1 ekologik vaziyat tiklandi.
Shahrimiz atmosferasi, havosi to`g`risida gap ketganda, avtomobillarning ham haviga chiqayotgan zararli gazlari haqida to`xtalishga to`g`ri keladi. Shu kungacha shahrimizda 300 mingdan ziyod transport vositalari mavjudligini inobatga olsak, atmosferaning ifloslanishida ularni “unim”i qancha ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.2Zero, 1 litr benzinni yoqish uchun 15 – 20 kubmetr kislorod sarflanadi. Mavjud 300 mingdan ortiq transport vositalari 5 litrdan benzin yoqsa, transport vositalaridan chiqayotgan turli xil zaharli moddalar insonda benzapirin, qo`rg`oshin singarilar zamirida saraton (rak) kasalligini keltirib chiqarishni tadqiqotchilar isbotlashgan. 3
Xalqaro tashkilotlarning izlanishlari natijasi shuni ko`rsatadiki, yirik shaharlardagi bolalarning sochi, tirnoqlari hamda qonida qo`rg`oshin, benzapiren moddalari qishloqlarda yashaydigan bolalarga qaraganda ancha ko`p ekan. Ayollardagi anemiya (kamqonlik), erkaklardagi yurak qon –tomir kasalliklarining ortib borayotganligi ham tashvishli holdir. 4
Doimiy manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari alohida o`rnatiladi va ularni sog`liqni saqlash vazirligi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan ishlab chiqiladi va ta`qiqlanadi.
O`zbekistonda atmosferaga 150 turdagi ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Qolganlarida ularning o`rnatilishi yoki yangisi bilan almashtirilishi talab etiladi.
Yangi qonunning o`ziga xos tomonlaridan yana biri atmosfera havosidan foydalanishga doir normativlarning o`rnatilishidadir. Ushbu foydalanish normativlari ko`chma manbalar, doimiy ifloslantiruvchi manbalar, fizik omillar bo`yicha alohida o`rnatilgan. 1
Normativlarning eng yuqori ko`rsatkichlari atmosfera havosining tabiiy tarkibining o`zgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi. Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxona muassasa, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasida tasdiqlanadi.
Ko`chma manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari, tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo`yilgan. Ayniqsa, bu o`rinda avtomobil, traktor, tramvay, tlolebus, samalyot, poyezdlar tomonidan chiqariladigan tovushlarga birinchi bor qonunda alohida e`tibor qaratildi.
Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosfera havosiga ifloslanltiruvchi moddalar va biologic organizmlarni chiqarish va foydalanishni tartibga solish tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan beriladigan ruhsatnomalarga binoan yo`lga qo`yiladi.
Qonunning 14 – moddasiga barcha turdagi yoqilg`I – moylash materiallarini standartlashtirish talabi o`rnatilgan. 2
Bu degan so`z energetika vazirligiga qarashli issiqlik stansiyalari isitish va sanoat qozonlarida yoqilg`ini ishlatishni “O`zneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan tarzda muayyan standartlarga muofiq ravishda olib boradi. Yoqilg`I va yoqilg`I – moylash materiallarini talabi Farg`ona va Shurtangazkombinat zavodlarida jahon standartlariga moslashtirilishi shart. Bu standartlarni o`rnatish va nazoratlash juda serchiqim tadbir bo`lib, u mazkur, korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qumitasi bilan kelishgan tarzda olib boriladi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining ma`lumotlariga ko`ra yoqilg`I materiallari sifatining yomonligi va motor yoqilishining tarkibida oltingugurtning ko`pligida, deb xulosalangan. Yaqin kelajakda Buxor neftni qayta ishlash zavodi etilsiz yoqilg`ilarni ishlab chiqarish niyatida. 1
Ana o`shanda Yevropa, Yaponiya, Amerikada bolgani kabi O`zbekistonda ham atmosfera havosi nisbatan musaffolashadi degan. 2
Sobiq ittifoq hududida mustaqil respublikalarning paydo bo`lishi ularga yaxshi amallarning ko`payishi bilan bir qatorda noekologik oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga misol qilib rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan eski avtomobil parkining to`planishi va ularni nosoz ekspluatatsiya qilinishi 1997-yildan boshlab ushbu holat O`zbekiston uchun qo`llanilmadi. Birinchi navbatda Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda chetdan olib kirilayotgan mashinalarga katta talablarning qo`yilishi va bojxona to`lovlarining ko`paytirilishi, ekologik mos ravishda avtomobillarga oid ekologik normalarni tadbiq qilishga kirishilgan. Mamlakatimizda ekologik va mehnat muhofazasiga e`tibor ortib bormoqda. Demak, biz ekologik va mehnat madaniyati sari boryapmiz. Shu yo`lda mustahkam bo`lsak, hayotimiz va el salomatligi tobora yaxshilanib, iqtisodiyotimizning esa samaradorligi oshib boraveradi.
Dostları ilə paylaş: |