T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 17-son_2-to’plam_Iyul-2023 115 - Patogen mikroorganizmlar
- Organik chiqindilar
- Noorganik kimyoviy moddalar
- Noorganik fitonutrientlar
- Organik birikmalar
Suvlarning ifloslanishi insoniyot tomonidan amalga oshiriladi, oddiy turli
chiqindilarni suv havfzasiga tashlanishi ham suvning sifatiga ta`sir etib, ekologik
muammoni keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda aholi puktlaridagi e`titiborsizlik, ya`ni aholi tomonidan ichimlik
suvlarini ust-bosh, kiyimlarini yuvilish, ovqat pishirish, hojatxonada ishlatilishi
natijasida kanalizatsiyaga o’tadi, kanalizatsiya yoq joylarda ariq, anhor kabi joylarga
oqizib yuboriladi. Natijada suvning ifloslanishi ko`zga tashlanadi. Eng xatarlisi esa,
suvning ifloslanishi mahalliylik aholisi soniga qarab oshadi. Har bir shaharda o’z
tozalash inshootlari mavjud bo’lib, ularda kanalizatsiya inson tanasiga jiddiy zarar
etkazadigan bakteriya va viruslardan tozalanadi. Tozalangan suyuqlik daryolarga
quyiladi. Keyingi yillarda suvning oziq-ovqat qoldiqlari, sovun, qog’oz va boshqa
maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi kuchayadi,
Tadqiqot uslubi Bugungi kunda “Suvlarni ifloslanishi va inson organizmi”
mavzusi dolzarb ekologik muammo sifatida ko`tarilayotgani bois, biz ham makur
muammoning sabablari bilan qiziqilk tajriba ishi amalga oshirdik. Tajriba ishi aynan
“Suvlarni ifloslanishi va inson organizmi” mavzusidagi tadbir bo`lib, maktab
o`quvchilari ortasida o’tkazildi. Tadbirning birinchi bosqichida suv, inson, tirik
organizm, suvlarlarni ifloslanishi va inson organizmiga qanday zarar ko’rsatishi
bo’yi cha suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayonida maktabning 55 % o’quvchilaridan
“ijobiy ”, 20 % o’quvchilaridan “turlicha”, 5% o’quvchilaridan esa “bilmiyman”
degan javoblar olindi, 20 % o`quvchilar esa tadbirda ishtirok etmadilar. Aynan
“Siz suvni ifloslaysizmi”? degan savolga 80 % o’quvchi “yoq”-deb javob berdi.
Tadbirning 2-qismida maktabning yuqori sinf o`quvchilari bilan kuzatish ishlari
olib borildi, suhbatdan so’ng o’quvchilar faoiyati kuzatildi. Maktabning oldidan otgan
ariqning 10 metrli joyi to`sib qoyildi. Maktab tashqarisiga chiqqan o`quvchilarning
50 % li ko’llaridagi qog’oz, oziq-ovqat qoldiqlari, salfetka, bir martalik suv idishlari,
bakalajkalar, tugab bo’lgan ruchkalar kabi chiqindilarni, umuman qo`llarida bo`lgan
barcha keraksiz, bo`sh narsalarni ariqqa tashlayotganliklarini guvohi bo’ldik.
Belgilangan vaqt tugagach chiqindilar yig’ib olindi va suv qanday
ifloslanayotganligi aniqlandi.