Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish


Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar



Yüklə 41,96 Kb.
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü41,96 Kb.
#180985
1   2   3   4   5
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish

Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishning tamoyillari o‘z mohiyati jihatidan turistik marshrutlardagi xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, imkoniyatning yaratilganligi, ko‘p variantlilik, qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarida marshrutlarda turistlar uchun qanday xizmatlar tashkil qilinishi va ko‘rsatilishining ayrim, umumiy nomlanishlariga to‘xtaldik.
Ekologik turizm marshrutlaridagi xizmatlar quyidagi, alohida-alohida sohadagi xizmatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Transport xizmatlaridan marshrutda bo‘lish davomida
quyidagi holatlardan foydalanish mumkin:
a) Turistik firmaning xususiy transportlaridan foydalanish
mumkin.
b) Boshqa tashkilotlardan maxsus jihozlangan transport
xillarini ijaraga olish mumkin.
v) Turist mahalliy aholidan ot, eshak, tuya va aravalarni
ijaraga olishi mumkin.
g) Turist o‘zining shaxsiy transportidan foydalanish mumkin.
Ekoturizmning katta masofali marshrutlaridan foydalanilganda albatta hozirda mavjud bo‘lgan quyidagi transport turlari turmarshrutning o‘ziga tegishli xizmatini bajarib beradi:

  1. Aviatsiya transportlari (samolyot, vertolyot).

  2. Avtobus transportlari (kichik va katta hajmdagi avtobuslar, mikroavtobuslar).

  3. Avtomobillar transporti (yengil, jiplar, arzon, qimmat, maxsus).

  4. Temir yo‘l transportlari.

  5. Mahalliy aholi transportlari (ot, eshak, tuya, arava, bug‘u, it chanalari).

  6. Kombinatsiyalashgan transport xillari.

  7. Suv havzalari transportlari (kater, qayiq, kemalar, maxsus sollar).

Ekomarshrut davomida turistlarga xizmatlar ko‘rsatish xillari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Dam olishni tashkil qilish xizmatlari (marshrut davomida qisqa muddatli dam olishda yig‘ma stol-stullarning bo‘lishi, kofe yoki choy tayyorlash, tunash-palatkalarda, yig‘ma karovatlar, ko‘chma tele-radio vositalari, mehmonxonada).
2. Marshrut davomida va marshrut oxirida – ekologik resurs maskanidagi xizmatlar (qisqa muddatli va 1-2 kunlik ekskursiyalarda).
3. Turistlarga ko‘ngil ochar xizmatlarni (o‘yinlar, musobaqalar, ekzotik harakatlar) ko‘rsatish.
Qayd qilingan xizmat xillari ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishdagi axborotlanganlik tamoyili bo‘yicha ham talab qilinadi. Ekoturizm marshrutlarida xizmatlarni sifatli qilib bajarish, turistga taklif qilishning mukammal ishlab chiqilgani va a’lo darajada bajarilgani turistik firmada turistlar oqimini ko‘paytirib olinadigan daromadning oshishini ta’minlaydi, turizm bozorida tur firmaning mavqeini ko‘taradi.

Yüklə 41,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin