Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish


Ekologik turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini ta’minlash



Yüklə 41,96 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü41,96 Kb.
#180985
1   2   3   4   5
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish

Ekologik turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini ta’minlash. Turizmdagi boshqa turistik marshrutlarlarga taqqoslaganda ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi manbalar anchagina. Chunki ekoturizm marshrutlari tabiatimizdagi barcha ekologik iqlim mintaqalarini o‘z ichiga oladi.
Bu ekologik iqlim mintaqalarining barchasida tabiatdagi zaharli hashorotlar, sudralib yuruvchilar yashashadi.
Ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va manbalarni quyidagi tartibda guruhlash mumkin:

  1. Zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar) va hashorotlar (qoraqurt, falanga, pashshalar) chaqishi xavfi.

  2. Iqlimning ta’siri xavfi (issiq urishi, tog‘larda qon bosimi oshishi, o‘simliklarning allergiya chiqarishi, shamollash).

  3. Ichki kasalliklarning kelib chiqishi xavfi (meva –sabzavotlardan, mahalliy suvlardan, mahalliy-milliy ovqatlardan).

  4. Transport vositalarining cho‘lda va tog‘liklarda, notekis yo‘llarda yurishdan kelib chiqadigan xavf.

Ekoturizm marshrutlarida tabiatdagi zaharli ilonlar, hashorotlar haqida marshrutning «axborotlanganlik» tamoyili bo‘yicha zaharlanish haqida marshrut ma’lumotlarida ogohlantirish xabarlari yozilishi, zaharli ilonlar, chayon va qora-qurtlarning qaerlarda ko‘proq uchrashi yoki bo‘lishi albatta yozilishi shart bo‘ladi.
Mahalliy iqlim sharoitlari, manbalari asosida turistlarda ichki kasalliklar kelib chiqishining oldini olish uchun mahalliy suvdan foydalanmaslik, mahalliy aholi ovqatlarini bilgan holda ovqatlanish, mevalarning xususiyatlari haqida og‘zaki ogohlantirishlar, axborotlar, suhbatlar o‘tkazish albatta kutilmagan xavfning oldini oladi.
Ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotida xavf paydo bo‘lganda quyidagi xavf oldi va xavf so‘ngidagi tadbirlar marshrut hujjatlarida aks ettirilishi albatta zarur:

  1. Ekoturizm marshrutlarida ilonlar, chayon, qoraqurtdan zaharlanishiga qarshi va boshqa ichki kasalliklarning oldini oluvchi dorilar, zardoblar vositalari bo‘lgan «ekoturizm aptechkasi - dorixonacha» si bo‘lishi.

  2. Turistlarning ekoturizm resurslari makonlarida yakka holda yurmasligi.

  3. Zaharlangan holatda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadigan tibbiyot mutaxassisining marshrut davomida turistlar bilan birga bo‘lishi.

  4. Ekoturizm marshrutlari o‘tadigan joylardagi yaqin kasalxonalar, vrachlik-feldsherlik makonlarining adreslari, telefonlari marshrut hujjatlarida bo‘lishi, doimiy Mobil aloqalarining ishlab turishini ta’minlash.

  5. Transport vositalarining texnik sozligini doimo nazoratga olish va marshrutga chiqish oldidan yo‘llarning holatini kuzatib chiqish.

Qayd qilingan tadbirlar ekoturizm marshrutlariga chiqishdan oldin qanchalik mukammal o‘tkazilsa marshrutning – turning xavf-xatarsiz, kutilmagan noxush janjallarsiz muvaffaqiyatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiquvchilar va marshrutlarni o‘tkazuvchilar marshrutlarda turistlar va xizmat qiluvchilar hayotiga xavf soluvchi manbalarni oldin bashoratlab bu xavfni o‘z vaqtida bartaraf qilish ishlariga o‘ta ma’sul va javobgardir.

Yüklə 41,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin