Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari
Sutkalik ritmlar — yerning’ o’z o’qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo’lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o’ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug’ vaqtiga to’g’ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to’g’ri keladi.
Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o’zgarib turadigan muhit omillariga, yahni havo harorati va namlikka, shamol, yorug’lik va shunga o’xshash ko’pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. SHuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo’lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug’lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o’taydi. SHu bilan birga yorug’ va qorong’i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rolg’ o’ynaydi. Bu yorug’lik tartibi sunhiy yo’l bilan o’zgartirish orqali isbotlanishi mumkin.
O’simliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik tsikllarni o’rganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Ko’pchilik o’simliklarning guli sutkaning mahlum vaqtida ochiladi, masalan, loviya o’simligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi.
Nerv sistemalari to’la shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini o’rganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «to’g’rilangan» ekanligini ko’rsatadi, yahni har bir organizm o’zi yashab turgan joyning yorug’lik omillariga asoslanib vaqtlarini o’lchaydi. Asalarilarda olib borilgan kuzatishlar natijasi yuqorida qayd qilingan fikrni to’la tasdiqlaydi.
Parijda asalarilarga alohida kameralarda bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 20.10—15 minutdan 22.10—15 minutga qadar qandli sharbat berib turildi. So’ngra asalarilar kechki payt samolyotda Ng’yu-Yorkka jo’natildi. Ertasi kuni asalarilar Ng’yu-York vaqti bilan taxminan soat 15.00 da, yahni Parijda so’nggi marta ovqatlanganlaridan keyin roppa-rosa 24 soat o’tgach shira solingan oxurchaga uchib kela boshladilar.
Ng’yu-York vaqti bilan soat 20.15 dan 22.15 ga qadar esa oxurchaga bironta ham ari uchib kelmadi. Asalarilar Ng’yu-Yorkdan Parijga ko’chirilganda ham xuddi shunday natija olindi.
Amerika suvaragi ustida o’tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, hasharotlardagi sutkalik faollikning sozlovchisi asosida neyrogormonal mexanizm yotadi.Amerika suvaragi ustida o’tkazilgan dastlabki kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatdiki, harakat faolligi ritmi tanada maxsus sekretning mavjud bo’lishiga bog’liq: halqum osti gangliyasining qorni sathida va qisman yon sathida joylashgan maxsus neyro-sekretar hujayralar ana shunday sekret manbai xizmatini o’taydi. Agar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga ko’chirib o’tkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi ko’chirib o’tqazilmasdan oldli donor hasharotda bo’lgan faollikning paydo bo’lgani qayd qilinadi. SHu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorug’likdan qorong’ulikka o’tish natijasida kelnb chiqadigan qo’zg’alishga bog’liq bo’ladi. Bu qo’zg’alish oddiy ko’z orqali qabul qilinadi.
Kuzatishlar natijasida shu narsa mahlum bo’ldiki, halqum osti gangliyasining neyro-sekretar hujayralari garchi hasharotning sutkalik faolligi ritmini sozlovchi sekretni mustaqil ajratib chiqarish qobiliyatiga ega bo’lsada, 5u jarayonning yaxshi kechishi uchun yondosh tanalar deb ataluvchi maxsus bezlarning sekretari halqum osti gangliyasiga kelib turishi kerak. Mazkur sekret halqum osti gangliyasiga uni! yondosh tanalar bilan bog’lab turuvchi nervlar orqali keladi, Agar ana shu nervlar qirqib qo’yilsa, harakat faolligi maromi bir hafta ichida asta-sekin so’nadi.
Hatto hasharot yorug’lik va qorongulik tahsiriga duchor bo’lib turganida ham shu ahvol kuzatiladi. Sutkalik o’zgaruvchanlik ko’pchilik hayvonlarda faqat harakatlanish faolligiga tahsir ko’rsatib, fiziologik xususiyatlariga uncha tahsir ko’rsatmaydi. Masalan, kemiruvchilarda xuddi shunday holat kuzatiladi, Fiziologik faoliyatla-rining o’zgarishi (aniqroq) yer qavatlarida seziladi. Yozda kunduzgi paytda ularning ko’pchiligi o’zlarini poykilotermik hayvonlar kabi tutadilar. Ularning tana haroratlari muhim haroratiga teng bo’ladi, nafas olishi, tomir urushi, sezgi ahzolarining tahsirlanishi juda past bo’ladi.
Ayrim turlarning faol faoliyati sutkaning mahlum paytlariga to’g’ri keladi, boshqalarida sharoitga qarab o’zgarishi mumkin. Masalan, shafran o’simligi gulining ochilishi haroratga bog’liq. Kungaboqar o’simligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. CHo’l zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga to’g’ri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bog’liqdir.
Ichki (endogen) sutkalik ritmni tashqi (ekzogen) ritmdan farkini tajriba orqali isbotlash mumkin. Ko’pchilik turlar yoruglik, namlik, harorat, ozuqa va boshqalar doimo bo’lganida uzoq vaqt davom etuvchi rivojlanish tsikllarini sutkalik davrga yaqinlashtiradilar. Masalan, meva pashshasida ana shunday ichki (endogen) ritm bir qancha o’nlab avlodlarda davom etadi. SHunday qilib, hayotiy faoliyatning sutkalik davriyligi tug’ma ravishda turning genetik xususiyati sifatida avloddan-avlodga o’tadi. Bunday ichki (endogen) ritmlar tsirkad (lotincha sirka — atrofida va di — sutka) deb ataladi. Bir qancha murakkab tuzilishga ega bo’lgan hayvonlar tug’ma ravishda vaqtni belgilash bilan joyni ham mo’ljalga oladilar.
Qushlar uzoq masofalarga uchgan vaqtlarida doimiy ravishda uchish yo’nalishiga, quyosh va osmondagi yorug’likning qutblanishiga nisbatan tuzatish kiritadilar. Bunda ular sutkadagi vaqtni hisobga oladilar, jonli organizmlar faqat sutka davriga (tsikl) mo’ljal olibgina qolmasdan, tabiatda bo’ladigan murakkab geofizik davrga (tsikl) qarab ham mo’ljal oladilar.