Ekologik vaqt omili Tashqi (ekzogen) ritmlar O`simlik va xayvonlardagi sutkalik maromlar



Yüklə 23,59 Kb.
səhifə6/6
tarix12.05.2023
ölçüsü23,59 Kb.
#112354
1   2   3   4   5   6
Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari

Hayvonlar hayot shakli tasnifi ham xuddi o’simliklarniki kabi xilma-xildir. Sutemizuvchilarning morfologiyasiga har xil muhit sharoitlarida ularning harakatlanish holati tahsir ko’rsatadi. A. N. Formozov ana shu priniipga asosan hayvonlarni quyidagi moslashish xillariga ajratadi: yer ustida, yer ostida, daraxtlarda, havoda va suv muhitida hayot kechiradigan xillari. SHuningdek, bu xillar orasida oralik, shakllar ham mavjuddir. Qushlarning tashqi ko’rinishida ularning mahlum sharoitga moslashgan harakatlari aniq ko’rinib turadi. SHu munosabat bilan quyidagi qushlar farq qilinadi: daraxtsimon o’simliklarda, qurudlikda, botqoqlikda va suv muhitida yashaydiganlari.
Yuqorida qayd qilingan har bir gruppadan maxsus shakllar ajratiladi:
a) ozuqasini izlash yo’ly bilan topadi (kaptarlar, to’tilar,qarg’alar);
b) ozuqasini uchib borayotgan paytida tutib oladi (o’rmanlarda slavka, ukkilar, ochiq joylarda rjanka, uzunqanotlilar, suv ustida esa nayburunlar va hokazolar);
v) ozuqasini suvda suzish vaqtida (pingvinlar, nayburunlarning ayrim vakillari).
Bulardan tashqari, yerning ustida harakatlanib oziklanadigan turlar va yana bir qancha shakllarni ajratish mumkin.
Bo’g’imoyoqlilar, asosan, halqali chuvalchanglardan tarqalgan, shu tufayli tuzilishlari jihatidan ko’p tomonlari bilan chuvalchanglarga o’xshaydi, lekin rivojlanishi jihatidan ulardan ustun turadilar, Ularning tanasi (tashqi tomonidan) bo’laklarga bo’lingan, gavdalarida bosh, ko’krak qorincha bo’lishi mumkin. Ularning oxiri bo’g’imlar bilan tamom bo’ladi (shuning uchun ham ular bo’g’imoyoqlilar deb ataladi). Tanasi zich, qattiq qobiq bilan qoplangan. Bo’g’imoyoqlilarda po’st tashlash xususiyati yaxshi rivojlangan. Ularda oziqa hazm qilish ahzolari yaxshi rivojlangan, nerv sistemasi, nafas olish sistemasi (u har xil jabra, traxeya yoki o’pka shaklida), qon aylanish faoliyati yurak bilan bog’liq bo’ladi.Bo’g’imoyoqlilarning ko’zlari juda yaxshi rivojlangan,ularda oddiy va murakkab ko’z bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarga bir qancha sinflar kiradi. SHulardan biz fakat qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar, birlamchi traxeyalilar, ko’p oyoqlilar va hasharotlar haqida so’z yuritamiz.
Birlamchi traxeyalilar janubiy yarim sharda yashaydilar bahzi xususiyatlari jihatidan halqali chuvalchanglar qatoriga qo’shiladilar. Bu esa, o’z navbatida ularni oraliq gruppalar deb hisoblashga imkon beradi. Bular quruqlikda yashaydigan turlardir.Kiskichbaqasimonlar ekologik jihatdan suvda yashovchi organizmlar, nam muhitlarda hayot kechiruvchi individlar hisoblanadi. O’rgimchaksimonlar esa asosan quruqlikda yashaydigan maxsus ayrim hollarda suvli muhitlarda uchraydilar, bunda chuchuk suvlarda hayot kechiradilar. Bularga o’rgimchaklar, xatto falangalar, kanalar kiradi. Ko’poyoqlilar — quruqlikda yashovchi hayvonlar. Ular asosan tropik zonalarda keng tarqalgan bo’lib, quruqlikdagi bo’g’imoyoqlilarning vakillari hisoblanadi.
Tuproqda hayot kechiradigan mayda bo’g’imoyoqlilar, tuproq qatlamining mahlum zonalarida joylashishlariga qarab ekologik gruppalarga ajratiladi. CHunki tuproqning chuqurligiga qarab oziqlanish muhitidagi barcha sharoitlar: bo’shliqning hajmi, yorug’lik bilan tahminlanganligi, harorat hamda namlik tartiblari o’zgaradi.
Yüklə 23,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin