Ekologiya” fanidan bakalavriatning barcha ta’lim yo’nalishlari uchun sillabus
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Energiya ta’minlash tizimlari”
kafedrasi mudiri , prof. I.X. Siddikov
__________________________
“___” _____________2021 yil
“EKOLOGIYA” FANIDAN
Bakalavriatning barcha ta’lim yo’nalishlari uchun
SILLABUS
(Sillabus kafedraning 2021 yil “____” _____________dagi
______-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan)
Toshkent – 2021
Fan nomi:
|
EKOLOGIYA
|
Fan turi:
|
tanlov
|
Fan kodi:
|
|
Bosqich:
|
3
|
Semestr:
|
5
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
120
|
Ma’ruza
|
30
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
30
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
-
|
Seminar
|
-
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
Sinov birligi miqdori:
|
4
|
Baholash shakli:
|
Imtixon
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Dastur mualliflari:
|
Qodirov Fazliddin Misliddinovich
|
E-mail:
|
faz7780@mail.ru, sura2007@list.ru
|
Telefon raqami:
|
93-319-19-77
|
Tashkilot:
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Televizion texnologiyalari fakulteti, “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
|
QM1
|
“Ekologiya” fani zamonaviy ekologiyaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha bilimlarni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unda etakchi ilmiy tushunchalar: tirik organizmlar va ularning yashash muhitlari, populyatsiyalar, ekotizim va biosferada hodisalarning o'zaro bog'liqligi, zamonaviy sharoitda insoniyat va tabiatning o'zaro ta'sirining o'ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha beradi. Bu kurs talabalarda biosferadagi ekologik qonuniyatlar haqida ekologik g'oyalarni tizimli shakllantirishga qaratilgan.
Atmosfera, litosfera va gidrosferadagi ekologik omillarini hisobga olishga katta e'tibor beriladi. Ma'ruzalarda kursi ekologik omillarini inson salomatligiga ta'sirini, har bir muhitni tartibga solishni, shuningdek tartibga solish jarayonida ishtirok etuvchi barcha tomonlar o'rtasida vazifalarni taqsimlashni tasvirlaydi.
Er yuzasida ekotizimlarni antropogen qayta qurishning asosiy bosqichlari va inson faoliyati bilan bog'liq asosiy global va mintaqaviy muammolar tavsiflanadi, xususan, ifloslanish turlari tasvirlangan. Insoniyat oldida turgan ba'zi muammolarni hal qilishda ekologiyaning o'rni qayd etilgan. Bunday muammolarni ijobiy yechimini topish, insonning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ya’ni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik munosabat shaklini qo‘llash bilim va ko‘nikmalarini yosh avlodning ongiga singdirishni o‘z ichiga qamrab olgan.
|
Dostları ilə paylaş: |