Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini
Aut-ekologiya «autos»- yunoncha so'z bo’lib «o'zi» degan ma'noni bildiradi. Ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi
Populyatsion ekologiya «populyason» - fransuzcha so’z bo"lib, «aholi» degan ma'noni bildiradi. Populyatsiyalar dinamikasi, ma'lum sharoitda turli organiznilar sonining o"zgarishi biomassa dinamikasi sabablarini tekshiradi.
umumiy ekologiya
Sin ekologiya «sin» - yunoncha so'z bo’lib, uning ma'nosi «birgalikda» demakdir. Biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarining o'zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o'rganadi.
Biosfera «bios»- hayot- «sfera»- shar so'zlaridan olingan bo’lib, ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ushbu ta'limotni vujudga keltirgan. Ushbu talimot asoschisi Vernadskiy V.I. hisoblanadi.
Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar:
Tasviriy,
Taqqoslash;
Tajriba;
Modellashtirish;
Tasviriy. Taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi.
Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko'pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o'xshashlarni soddalashtirish yo'li bilan o'xshatish ma'nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir.
Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko'p tarmoqlari mavjud. Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keldi.
Ekologiya tabiatdagi muvozanatni, tabiiy xodisalarni o'rganuvchi istiqboli keng fan hisoblanadi. Tabiat va uning mahsulotlari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlar va o'simliklarga bo'lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.