Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja



Yüklə 15,47 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü15,47 Kb.
#208116
  1   2   3
Ekologiya Avezdurdiyev Didar


Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va
tarixi, fanni o‘rganish usullari.
Reja
  • Ekologiya va tabiat muhofazasi tarixi.
  • Ekologiya fanining rivojlanish bosqichlari.
  • Ekologik tadqiqotlarning amaliy ahamiyati.

Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, makon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologic fan xisoblanadi. Eko­logiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar or­ganizmiga ta`si­rini, organizm va populyatsiyaning muhit omilla­riga ko`rsatadigan reak­tsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizm­larni (jarayonlarni), tabiiy gu­ruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi­stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar aso­sida mavjud va ri­vojlanadi, u in­son ta`siriga qanday javob beradi bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir. Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha in­jiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omla­ri­dan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mum­kin.
Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir sal­biy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qu­rilish materiallari sifatida tabiiy o`rmonlarni keragidan or­tiqcha ke­sadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmo­sfera havosini mu­saffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq eroziyaga uch­raydi, er osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel nati­jasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin.
Dastlabki ekologik tushunchalar haqida qadimgi yunon olimlari asarlarida ham ma'lumotlar keltirilgan. O`simlik va hayvonlar, inson hayotining atrof-muhit bilan bog`liqligini Ibn Sino, Beruniy asarlarida, shuningdek, A. Gumbold, J.B. Lomark, K. Rule, Ch. Darvin, E. Gekkel asarlarida yoritilgan. Antik davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar va qushlarning migratsiyalari, o’simliklarning tashqi qiyofasi, tuproq va iqlim
Jumladan O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ham Ekologiya va TMQ bo'yicha olib borilgan ishlar o'zining uzoq tarixiga ega. O’rta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso Al- Xorazmiy, Abu-nasr Farobiy, A.R.Beruniy, A.A.Ibn Sino va boshqa allomalarimiz ushbu fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Muhammad Al-Xorazmiy 847 yilda «Kitob surat al-arz» degan asarlarini yozgan.
Beruniyning «Saydana»nomli asarida 1116 tur dori darmonlarni tavsiflagan, ularning 750 tasi turli o’simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur 1483-1530 ning g'azallari har kimga manzur. U faqat shoirgina bo'lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi, mashshoq, ovchi, bog'bon, sayyox va tabiatshunos ham bo'lgan. «Boburnoma» Boburning eng yirik asari bo'lib, asarda Boburning ko'rgan kechirganlari, yurgan joylarining iqlim sharoitlari, tabiati, boyligi, odamlari, urf-odatlari. hayvonot va o’simlik olami tasvirlangan. Asar muhim atamalar va toponimik manbalarga boy.
1920 –yillarda O`rta Osiyo tabiatini dastlabki o`rgangan olimlar tomonidan biotsenozlarning tizimlar, shuningdek, biotsenoz va landshaftlarning birinchi modeli yaratildi.
1930-yillarda ekologiya-geografiya yo`nalishiga asoslangan O`rta Osiya ekologiya maktabi hozirgi M. Ulug`bek nomidagi O`zMU qoshida shakllandi. Maktab o`lkaning nafaqat biologik majmuilari va biotarkibiy qismlarini o`rganishga katta ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki tabiiy geografiya, ayniqsa landshaftshunoslik g`oyalarining rivojlanishida ham katta rol o`ynadi. Bundan tashqari, ekolog mutaxassislar tayyorlashda, ekologiyani rivojlantirishda, shuningdek, ekologiyaga oid adabiyotlarning namunalarini yaratishda ushbu maktabning xizmatlari kattadir. Maktab ekologlari bergan ilg`or g`oyalar o`lkaning tabiati va tabiiy resurslarini aniqlash va o`rganishda hamda O`rta Osiyoda ekologik geografik g`oyalarning rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.
Geografik yo`nalishdagi yirik ekologik geografik ishlar O`rta Osiyoning tabiati, biomajmuilari, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va xududiy ajralishlari, rayonlashtirish, landshaftlar xaritasini yaratishga qaratildi. Shuningdek, jazirama cho`l va yuqori tog`li cho`llar va ularning o`ziga xos tabiiy majmualarini o`rganish metodlari ishlab chiqildi.
1930-yillarda ekologo-geografik ilmiy izlanishlarning natijalari kitob holida chop etila boshlandi. Bunda faqat ma'lum joyning ekologik holati haqida gap bormay, balki ekologiya fanining asoslari biotsenologiya va fitotsenologiya kabi sohalari ham rivojlantirildi.

Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin