4 . Ekologik ekspertiza tizimi.
Ekologik ekspertiza keng qamrovli va muhim ahamiyatga ega bo`lgan jarayen bo`lib, uni amalga oshirish yo`nalishlari, tartibi, qo`llanilayotgan usullari, berilayotgan xulosaning mohiyatiga asosan murakkab tizimni tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 4-moddasida ekologik ekspertiza quyidagi tizimi belgilangan: “Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi”.5
Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, ekologik ekspertiza tizimining poydevorini davlat ekologiya ekspertizasi tashkil etadi.
Davlat ekologik ekspertizasi O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi olib boradi va quyidagi asosiy vakolatlarga ega hisoblanadi:
davlat ekologik ekspertizasini tayinlaydi va o`tkazadi;
ekologiya ekspertizasiga tegishli bo`lgan me'yoriy-texnik, huquqiy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ekologik ekspertizasi komissiyasi, uning a'zolari va ekspertlar guruhini tuzadi;
davlat ekologiya ekspertizasi xulosalari talablarini bajarilishini nazorat qiladi va hokazo.
Ekologiya qonunchilik hujjatlarida ekspertiza o`tkazilishi shart bo`lgan ob’yektlar belgilangan bo`lib, ular jumlasiga:
davlat dasturlarining, konsepsiyalarining ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini ajratish materiallari;
loyiha oldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog`liq xo`jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi me'yoriy-texnik va yo`riqnoma-uslubiy hujjatlarning loyihalari;
texnika, texnologiya, materiallar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar hayoti va sog`lig`iga zararli va xavfli ta'sir ko`rsatuvchi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirayotgan barcha turdagi korxonalar;
shahar sozlik hujjatlarining barcha turlari;
maxsus huquqiy rejimli ob’yektlar va boshqa ob’yektlar.
Ushbu ob’yektlarga nisbatan davlat ekologiya ekspertizasini o`tkazish majburiy hisoblanadi va mulkchilik shakli hamda ma'muriy bo`ysunishidan qat'iy nazar hech bir ob’yektga bu borada imtiyoz berilmaydi.
Davlat ekologik ekspertizasining subyektlari bo`lib, odatda buyurtmachi, pudratchi, iste'molchi hisoblanadi. Buyurtmachi – ekspertizani tayinlash, tashkil etish huquqiga ega bo`lgan maxsus vakolatli organdir. Pudratchi – muayyan obyektni ekspertiza qiladigan tashkilot, bular qatorida ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona yoki maxsus komissiya, ekspertlar guruhi bo`lishi mumkin. Iste'molchi bo`lib, ekologiya ekspertizasi hisoblangan korxona, tashkilot, muassasa hisoblanadi.
Davlat ekologiya ekspertizasi jarayeni har bir ob’yektning hajmi va o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi, ya'ni:
tayinlash – ob’yektga nisbatan ekologik ekspertiza tayinlash va maxsus komissiya, ekspertlar guruhi tuzish;
ob’yekt haqida ma'lumotlarni to`plash, umumlashtirish va baho berish bosqichi;
ob’yektning ekologik qoida-talablarga mos yoki zid ekanligi haqida xulosa tayyorlash va uni tasdiqlash;
obekt haqidagi xulosani bank muassasalariga yuborish;
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yuzasidan nizolarni hal qilish.
Shuni ta'kidlash kerakki, Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi muhim ahamiyatga ega bo`lib, ob’yekt haqida salbiy xulosa berilgan taqdirda, bank muassasalari ushbu ob’yektni moliyalashtirmaydi va faoliyati bekor bo`lishi mumkin.
Demak, davlat ekologik ekspertizasining ekologiya ekspertizasi tizimida alohida o`rinni egallaydi va ekologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Ekologik ekspertizasining tizimida jamoatchilik ekspertizasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar tomonidan amalga oshirilib, rejalashtirilayetgan, amal qilayotgan turli ob’yektlar yuzasidan o`tkazilishi mumkin.
Jamoat ekologik ekspertizasi davlat ekologik ekspertizasi o`tkazilganligidan qat'iy nazar amalga oshiriladi.
Jamoat ekologik ekspertizasining xulosasi tavsiya ahamiyatiga ega bo`ladi, davlat hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi mumkin.
Shuni ta'kidlash joizki, rivojlangan xorijiy davlatlarda jamoatchilik ekspertizasining taraqqiy etganligini, aholining keng qatlamlarining ekologik madaniyati saviyasi darajasining yuqoriligini ko`rishimiz mumkin.
Ekologiya ekspertiza tizimida ekologik audit ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ekologik audit – ekologik auditorlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o`tkaziladigan, atrof tabiiy muhit holatiga salbiy ta'sir ko`rsatayotgan, ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlarni mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir.
Ekologik audit davlat ekologik ekspertizasidan farqli ravishda xo`jalik va ishlab chiqarish ob’yekti mulkdorining qaroriga binoan o`tkaziladi.
Ekologik ekspertiza – muhim va murakkab jarayon bo`lib, atrof tabiiy muhitni barqarorligini saqlash, tabiatdan samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tashkiliy–huquqiy chora-tadbirlardan iboratdir. Ekologik ekspertiza tushunchasi asosan quyidagi uch xil yo‘lanishda talqin qilinadi: 1)ekologik ekspertiza davlat boshqaruv tizimi tarkibidagi maxsus faoliyat tarmog‘i; 2) ekologik ekspertizafan yo‘nalishi; 3) ekologik ekspertizao‘quv fani.
Ekologik ekspertizada tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yo‘nalishlarini nazorat qilish eng asosiy muammodir. Bu muammo yechimi imkoniyatning noosfera yo‘nalishidagi barqaror yo‘nalishidagi barqaror rivojlanishga o‘tishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Barqaror rivojlanish strategiyasi ekologik eksspertizada quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 1) ekologik vaziyatni bilish; 2) tabiatning ifloslanishi va tabiiyresurs salohiyatidan foydalanishningg chegara parametrlarini asoslash; 3) ushbu parametrlarga erishishni ta’minlovchi iqtisodiyekologik va ekologgik ekspertiza mexanizmlarini ishlab chiqish.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro`yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O`zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida” gi, “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunlarda, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o`tkazish tartibi to`g`risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to`g`risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o`tkaziladi:
mo`ljallanayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to`g`risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo`jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog`lig`iga salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.
Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog`lig`iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo`jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaraf etish bilan bog`liq preventiv chor-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qonunlar hamda ekologik huquqiy normalarni o'ziga olgan normativ huquqiy aktlar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va farmoyishlari (buyruqlari), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (hukumatining) qaror va farmoyishlariga ham taalluqlilidir. Shunday qilib, ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari ekologik huquqiy normalarni o'z ichiga olgan normativ-huquqiy aktlar (rasmiy hujjat) hisoblanadi. Normativ-huquqiy aktlar tegishli vakolatli organlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardan iborat bo'ladi. Huquqiy (yuridik) kuchiga ko'ra ekologik ekspertizaning barcha huquqiy talablarini qonunlar va qonunga asoslangan aktlarga bo'lish mumkin. Qonunlar qonun chiqaruvchi organ - O'zbekiston Respublikasining Oliy majlisi tomonidan qabul qilinadigan normativ aktlar hisoblanadi. Qonunga asoslangan aktlarga shunday aktlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirliklar va idoralar, respublika subyektlarining vakolati hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy xarakterdagi hujjatlar kiradi.
Ekologik ekspertiza jarayonida turli shakldagi quyidagi usullardan foydalangan holda ko`zda tutilgan maqsadga erishiladi:
ma'lumotlar to`plash – ekspertizadan o`tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo`lgan barcha axborot, ma'lumotlarni yig`ish va to`plash;
umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to`plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma'lumotlarni o`z yo`nalishlari bo`yicha ma'lum tizimga keltirish;
tahlil qilish – umumlashgan ma'lumotlar bankini o`z yo`nalishi va xususiyatlari bo`yicha alohida o`rganish, tasniflash;
Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo`nalishlari, bo`limlari, tashkil etuvchi qismlari bo`yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash;
Xulosa berish – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.
Ekologik ekspertiza faoliyati va munosabatlarida ko‘p turdagi ekologik ekspertiza shakllaridan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi.
Davlat ekologik ekspertizasi.
Jamoat ekologik ekspertizasi.
Ekologik audit.
Idoraviy ekologik ekspertiza.
Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar.
Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Ekologik audit xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdori qaroriga asosan o‘tkaziladi. Idoraviy ekologik ekspertiza tegishli idoralarning buyrug‘iga muvofiq o‘tkazilishi mumkin va u tegishli idoraviy struktura ichida amal qiladi. Ilmiy ekologik ekspertiza ilmiy tashkilotlar yoki oliy o‘quv yurtlari tashabbusi bilan o‘tkaziladi va uning xulosasi axbarot harakteriga ega bo‘ladi.
Bulardan tashqari ekologik ekspertizaning yana quyidagi maxsus turlari ham mavjud:
1) ekologik-sanitariya ekspertizasi. Ushbu yo‘nalishda ekologik ekspertizaning alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ekti-insonning hayoti va salomatligi bo‘lib, bunda uning atrof tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqalari ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekologik-sanitariya ekspertizasining asosiy vazifasi antropogen faoliyat ta’sirida atrof muhitning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan nson solomatligi holati va uning o‘zgarishlari o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni aniqlashdan aborat. Davlat sanitariya-ekologiya ekspertizasi sog‘liqni saqlash idoralarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tashabbusiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayinlanadi. Bu ekspertizani o‘tkazishdan maqsad atrof muhitning noqulay ta’siridan fuqarolarning salomatligiga yetkazilgan zararni aniqlash va uning tovonini to‘lash masalalarining hal etishdan iborat bo‘lgan prinsipial muammoning yechimini topishdan iborat;
2) ekologik-normativ ekspertiza. Uning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit sifati, zararli moddalarning ruhsat etilgan konsentratsiyasi, chiqindilar, oqavalar me’yori, radiatsiya ta’siri, shovqin, tebranish, magnit maydoni ta’sirining ruhsat etilgan me’yori darajasining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq (mos) kelishini tadqiq etishdan iborat. Bunday ekspertiza jarayonida atrof muhit sifati ko‘rsatkichlarining samaradorligi inson salomatligi, uning genetik fondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tekshiriladi;
3) ekologik-huquqiy ekspertiza. U mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, uning ob’ekti qonunlar, farmonlar, xukumat qarorlari, farmoyishlari va vazirliklar, idoralar, respublika sub’ektlarining berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan normativ aktlari va buyruqlarini ekologik ekspertizadan o‘tkazish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |