30
III BOB. QO’RIQXONALARNiNG AHAMIYATI.
3.1. Atrof- muhitni muhofaza qilishda qo’riqxonalarning ahamiyati
O‘simliklarni muhofaza qilish.
O‘zbekiston hududida cho‘l, adir, tog‘
oldi, tog‘ va baland tog‘ balandlik mintaqalari o‘simlik qoplami tarqalgan.
Respublika hududida 4100 dan ortiq o‘simlik turi bo‘lib, shundan 577 tasi dorivor,
103 tasi bo‘yoqli va 560 tasi efir moyli. O‘simliklarning 10–12%
muhofazaga
muhtoj. Bundan tashqari mamlakatda, xususan. Orolbo‘yida
tabiatni muhofaza
qilish maqsadida ihota o‘rmonlari bunyod etish davom etmoqda.
Bundan 40–45 yil muqaddam tekislikdagi daryo va soylar qayirlari ancha
zich to‘qay va qamishzorlar bilan qoplangan bo‘lib, to‘qaylarda turang‘il, tol,
jiyda, yulg‘un kabi daraxt va butalar qalin o‘sgan. Keyingi yillarda to‘g‘on, suv
omborlari va kanallar qurilishi avj olib, daryo hamda soy suvlari keskin kamayishi,
sizot
suvlari sathi tobora kamayib, ularning minerallashuvi va sho‘rligi ortishi
natijasida bu to‘qaylarning katta qism quridi (ayniqsa, quyi Amudaryoda).
Respublika yaylovlarining hozirgi ahvoli ham ancha tashvishlidir.
Bularning
asosiy sabablari – yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, tog‘ oldi va chala cho‘l
zonasidagi katta-katta maydonlarning
asossiz ravishda haydalib, ekinlar
ekilganligi, cho‘lda – saksovul, tog‘larda archa kabi qimmatbaho daraxt va buta
o‘simliklarining ko‘plab kesilib ketganligi, yaylovda qo‘y, mol boqish me’yoriga
amal qilmaslik, yangi erlarning o‘zlashtirilishi, cho‘l zonasida yangi-yangi shahar
va yo‘llar qurilib, yangi konlar ishga tushirilganligidir.
O‘zbekistonning o‘rmon fondi, asosan, tog‘ o‘rmonlaridan iborat bo‘lib,
tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ular ajoyib tabiiy manzara,
o‘ziga xos sog‘lom mikroiqlim yaratadi, suvni saqlaydi
va tuproqni eroziyadan
asraydi, atrof muhitning sanitariya-gigiena holatini yaxshilaydi.
O‘rmonlar respublika maydonining 5,1% ini tashkil etadi. Keyingi 30–35
yil mobaynida ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli O‘zbekiston «qizil
kitobi»ga 147 o‘simlik oilasi kiritildi. Bularning ko‘pi qimmatbaho dorivor