ob’ekt va majmualarni asrash hamda foydalanishga qaratilgan muhofaza etiladigan
tabiiy hududlardir. Tabiiy bog‘lar milliy tabiiy bog‘lar va mahalliy ahamiyatga
molik bog‘larga bo‘linadi. Tabiiy bog‘lar hududi qo‘riqxona zonalarga,
rekreatsion, xo‘jalik va boshqa maqsadlardagi zonalarga ajratilgan (O’zbekiston
Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
to‘g‘risida»gi Qonuni). Ushbu kitob bilim va tajribalar almashish va muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarni asrashdek olijanob maqsadlarga xizmat qiladi.
Qo‘riqxona va tabiiy bog‘lar shunchaki faoliyat kursatmayapti, balki yashayapti.
Tom ma’noda ular mavjudligining negizi - ular haqidagi munozaralar, ayniqsa
ilmiy faoliyatining ahamiyati haqidagi bahslar hamon davam etmoqda. Ko‘pgina
ho‘rikxonalarda xodimlarning 3-4 avlodi o‘zgardi, ular o‘z tarixi - muassasa-
tarixiga egadirlar.
O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda qo‘riqxonalarning ahamiyatini
o‘rganish, tadqiq qilish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Ishning tadqiqot obekti sifatida O‘zbekiston qo‘riqxonalarning dolzarb
masalalari. O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilinishning huquqiy – me’yoriy
jihatlari. O‘zbekistonda suv havzalari va atmosferaning muhofaza qilinishi.
O‘zbekistonda tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot olamining muhofaza
qilinishi. O‘zbekiston qo‘riqxonalarining tashkil etilishi va faoliyati Tog‘ mintaqasi
va tog‘-o‘rmon qo‘riqxonalari O‘zbekiston qo‘riqxonalari faoliyatining
takomillashtirilishi masalasini o‘rganishda respublikadagi qo‘riqxonlar olindi.
Respublikadagi qo‘riqxonalarni o‘rganishda xarita bilan ishlash usullaridan
foydalanildi.