qolish, tabiiy ekotizmni asrash, yo‘qolib ketishi havfi bo‘lgan, o‘simlik va
hayvonat do‘nyosini ko‘paytirish, turli rejimda faoliyat ko‘rsatadigan hududiy
rekreatsiya tizimlarini barpo etish, tabiat ekologik yo‘laklarini barpo etish kabi
vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib oladi. Dunyoda muhofaza qilinadigan
hududlarning soni 20 mingdan ko‘proqdir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tabiat muhofazasi muammolarini jadal
va katta mas’uliyat bilan hal qilishda yangi bosqich boshlandi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar» (50-modda), «Er, er osti boyliklari, suv,
o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» (55-
modda) deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hozirda O‘zbekistonning atrof muhit va
tabiat boyliklaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga oid qonunchiligi
80 ga yaqin qonun va qarorlarni o‘z ichiga oladi. Barqaror rivojlanishning milliy
strategiyasi va Atrof muhitni muhofaza qilish harakatining milliy rejasi ishlab
chiqildi va qabul qilindi, shuningdek, Cho‘llashishga qarshi kurash harakatlari
milliy rejasi ham tayyorlangan. Endilikda geoekologik muammolar hukumatning
doimiy nazorati ostida: bu borada ilk muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda, qishloq
xo‘jaligi erlaridan tobora oqilona foydalanilmoqda, atrof muhit holati ko‘p shahar
va regionlarda yaxshilanmoqda, qazilma boyliklarni nes-nobud qilishga chek
qo‘yilmoqda. 1991 yilda «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi
tashkil etilgan. Bu jamg‘arma O‘zbekiston va umuman, butun Markaziy Osiyo
mintaqasi geoekologik holatini yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilishga,
aholining salomatligini himoya qilish va sog‘lom zurriyotni saqlab qolishga
qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshiradi.