8
9
1.2. Qo’riqxonalar va ularning ahamiyati
Tabiatning noyob, diqqatga sazovor
ob’ektlariga g‘orlar, ajoyib shaklli
qoyalar, daralar, sharsharalar, er qatlamlari ochilib qolgan joylar, o‘ziga xos
buloqlar, katta yoshli daraxtlar kiritiladi. Tabiatning bunday ob’ektlari ilmiy,
rekreatsiya, turizm, sayohat, nafosat maqsadlarida o‘rganiladi va muhofaza
qilinadi. Tabiatning go‘zal, rang-barang, havo va suvi musaffo, tabiati shifobaxsh
landshaftlari ham maxsus muhofaza qilinadi. Chunki bunday landshaftlarni asil
holida saqlab qolib, muhofaza qilish, ulardagi tabiiy jarayonlar va ekologik
muvozanatning vaqt davomidagi qonuniy o‘zgarishlarini tadqiq qilish jihatidan
ham muhim ahamiyatga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
respublika hududida 400 dan ortiq tabiat yodgorligini hisobga olgan. Bulardan 80
ga yaqini jonsiz tabiat yodgorliklaridir. Jonsiz tabiat yodgorliklari orasida xilma-xil
karst relefi shakllari, shu jumladan, arxeologik ahamiyatga ega bo‘lgan g‘orlar,
shuningdek nodir buloqlar, sharsharalar, ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega
bo‘lgan qoyalar va geologik ochilmalarni muhofaza qilish muhim vazifalardan
hisoblanadi. Sayrobdagi qadimiy chinor, Boysundagi Chorchinor, odamlarning
qadimgi ajdodi topilgan Teshiktosh g‘ori, Xo‘jakentdagi qoyaga chizilgan rasmlar,
Chinor, Amir Temur g‘ori, Qirqqiz, Odamtosh, «Dinazavrlar jangi» qoyalari va
boshqalar shular jumlasidan. Ularning betakror, sehrli va maftunkor manzaralari
jiddiy muhofazaga muhtojdir.
O‘zbekistonning qo‘riqxonalarida olib borilgan va olib borilayotgan ishlar
ko‘lami juda keng, ayni vaqtda juda dolzarb hsoblanadi. Shu bilan birga olib
borilayotgan tadqiqotlar avvalgi tadqiqotlarni mazmunan davomi bo‘lib, asosan bir
maqsadga, ya’ni tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan.
Qo‘riqxonalarda jadal olib borilayotgan tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlari
natijasida qo‘riqxonalar maydoni kengaytirilib, alohida muhofaza qilinadigan
|