3
KIRISH
Ilmiy-texnika taraqqiy etgan asrda Erning tabiiy resurslari
jiddiy antropogen
ta’sirlarga duch kelgani tufayli tabiat muhofazasi zamonaning eng dolzarb
muammolaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan landshaft qatlamlari, joylarda
bioxilma-xillikni saqlashda muhim o‘rin tutadigan muhofaza etiladigan tabiat
hududlari
ahamiyati
tobora
ortib
bormoqdada.
Bugun
O’zbekiston
Respublikasining ko‘plab qo‘riqxona va tabiat milliy bog‘lari yirik
hududiy ilmiy
markazlar sifatida ifoda etiladi.
Ulgayib kelayotgan avlodning yashashi uchun qulay sharoitni ta’minlashga
yo‘naltirilgan, uzotsni qamragan ekologik siyosat milliy tabiiy bog‘, qo‘riqxona,
biosfera rezervatlarni o‘zida jamlagan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni
bunyod etishda ko‘zga tashlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat
mutanosibligini
saqlashda betakror, favqulodda muhim o‘rin tutadi, ular ekologik
barqarorlik va inson yashashi uchun zarur sharoitni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan
tabiiy ekotizim o‘chogidir.
Bioxilma-xillikni saqlash sohasida davlat siyosati ularni muhofaza etishga,
ulardan oqsilona foydalanish va takror kupaytirish va qayta tiklashga qaratilgan.
Respublikada «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Hayvonot
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, «O‘simlik
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi
va boshqa qator
qonunlar va qonun osti hujjatlarga amal qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish sohasidagi bir qancha
xalqaro konvensiyalar, shu jumladan Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha
konvensiyaga qo‘shilgan. Davlatimiz tomonidan ushbu xalqaro hujjatlar bo‘yicha
o‘z majburiyatlarini bajarishida qo‘riqlanadigan tabiiy
hududlar katta ahamiyat
kasb etadi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida ilmiy tadqitqot faoliyati va atrof tabiiy
muhitni monitoring qilishdan tashqari boshqa barcha faoliyatlar man qilinadi.
Tabiiy bog‘lar alohida ekologik, madaniy va estetik
ahamiyatdagi tabiatni
muhofaza qilish yo‘nalishida, rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlardagi tabiiy