texnik ta’minotning etish- masligi, qo‘riqxonada elektr energiyasining muntazam
yo‘qligi, to‘laqonli ozuqa bazasining etarli emasligi tadqiqot ishlarini davom
ettirishni qiyinlashtirmoqda.
Qo‘riqxonada 2000 yilda tashkillashtirilgan va yuqori darajada jihozlangan
tabiat muzeyi xizmat qiladi. Unda qo‘riqhonaning uchta asosiy ekotizimi:
to‘qayzor, suv yaqinidagi va tog‘oldi ekotizimlari namoyish etiladi. Bundan
tashqari «Zarafshon qo‘riqxonasi hasharotlari» vitrinalari mavjud. Har yili 900
nafargacha kishi muzeyga tashrif buyuradi. Qo‘riqxona hududida 2 ta ilmiy-
ekologik marshrut mavjud:
Bu kabi tadqiqot ishlari tekislik mintaqasida joylashgan qo’riqxonalarda ham
tashkil etilgan bo’lib, tadqiqotlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, Bodayto’qay
qo’riqxonasi hududida ham tadqiqot ishlari keng ko’lamda tashkil etilgan.
Qo’riqxona o’tmishida to‘qaylar baliqchilik anjomlari va chirimaydigan kendir
tolasidan to‘rlarni tayyorlaydigan maxsus manba edi. Kendir tolasining yuqori
sifatga egaligi qadimdan Amudaryo va Sirdaryo quyi qismida yashagan xalqlardan
ma’lum edi (Dunin-Barkovsiy, 1941 y.). Kendir bilan ilmiy tanishish 1865 yilga
borib taqaladi. O‘sha vaqtda I.G.Borshov birinchi marta Orol-Kaspiy o‘lkasining
botanika bo‘yicha maqolalarida dalillar keltirgan (I.G.Borshov, «Orol-Kaspiy
o‘lkasining botanik geografiyasi uchun maqolalar». Fanlar akademiyasining 1865
yilgi qaydi). 1893-1894 yillarda Davlat qog‘ozlarini tayyorlash ekspeditsiyasining
Rossiya sinov bo‘limida o‘tkazilgan tajriba kendirdan qilingan qog‘oz yuqori
sifatli bo‘lib, pul belgilarini ishlab chiqarish uchun yaroqli ekanligini ko‘rsatdi.
1894 yilda pul qog‘ozlarini chiqarish maqsadida tola tayyorlash uchun Turkiston
o‘lkasiga ekspeditsiya jihozlangirildi. Ekspeditsiya 40.000 pud kendir tolasini
tayyorlashi kerak edi, lekin laboratoriyada sinov uchun kichik hajmda keltirish
bilan cheklanildi. Katta hajmda olib kelish iqtisodiy tomondan o‘zini oqlamadi va
kendirdan foydalanish masalasi bekor qilindi.
Amudaryo quyi qismidan o‘rin olgan «Baday-To‘qay» haqidagi dastlabki
ma’lumot 1927 yilda. Zaktregerning «Amudaryo daryosi quyi oqimi to‘qayzorlari»
nomli qo‘llanmasida uchraydi.