Dozimetrik asboblarga- quyidagi kattaliklarni o‘lchaydigan asboblar kiradi: yutilgan, ekvivalent, ekspozitsion dozalarni aniqlaydigan, doza quvvati, nurlanish energiyasi, energiya o‟tkazilishi, energiya oqimi, nurlanish intensivligi va b.
Ekspozitsion dozani va doza quvvatini aniqlaydigan asboblar nurlanishning moddaga bergan energiyasini o‘lchashda ishlatiladi. Umuman hamma dozimetrik asboblar energiya kattaliklarini o‘lchaydi. Dozimetrik asboblar schyotchiklar chiqishida ionlashtiruvchi nurlanishning schyotchik ishchi hajmida yo‘qotilgan energiya hosil qilgan ionizatsion tokni yoki elektr zaryadini o‘lchashga asoslangan. Schyotchik chiqishida ma‟lum vaqt oralig‘ida hosil bo‘lgan yig‘indi zaryad kattaligiga qarab nurlanishning dozasi, energiyasi to‘g‘risida ma’lumot olish kerak. Agar schyotchik chiqishida hosil bo‘lgan ionizatsion tok kattaligi o‘lchanganda nurlanishning doza quvvatiga mos keladigan intensivligini, energetik kattaliklarni aniqlash mumkin. Quyida 𝛼, 𝛽, 𝛾 ionlashtiruvchi nurlanishlarni o‘lchaydigan asboblar ko‘rib chiqiladi.
Nurlanishlarni qayd qiladigan sistema detektor va o‘lchash appaturalaridan iborat. Detektorning ishlash prinsipining asosi – ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddaga ta‘siridir. Detektor qayd qiluvchi qurilmaning asosiy qismi hisoblanadi. Detektor o‘lchanayotgan ionlashtiruvchi nurlanishlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni energiyasini, turini, oqim zichligini va b. qayd qilish uchun qulay bo‘lgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beradi. Masalan, elektr signallariga aylantirib beradi.
Detektorda nurlanishlarning modda bilan o‘zaro ta’sir jarayoni ketadi. O‘lchaydigan apparatura detektor chiqishida hosil bo‟lgan signalni qabul qiladi va o‟lchaydi. Gaz to‘ldirilgan detektorlarga signal zaryadlangan zarralarning moddani ionlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi.
𝛼, 𝛽 va 𝛾-nurlarni o‟lchashda integral va differinsial metodlardan foydalaniladi. Integral metodda nurlanishning detektorga ma'lum vaqtda ta’sir qilishidan hosil bo’lgan yig‘indi effekti o‘lchanadi (ionizatsion kamera plastinkalarida to‘plangan elektr zaryadi va b.). differinsial metodda alohida zarralar qayd qilinadi (ionizatsion kameralar, schyotchiklarda elektr impulslari, fotoplastinkalarda va Vilson kamerasida zarralar izlari).