Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə5/9
tarix05.12.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#174002
1   2   3   4   5   6   7   8   9
«EKOMONITORING VA EKOEKSPERTIZA» mustaqil ish mohinur

Ozon tuynugi va uning paydo bo lish mexanizmi, Iqlim o*zgarishi va issiqxona effekti monitoringi.Ifloslantiruvchi moddalarning transchegaraviy o tishi va ularning monitoringi.
Ozon teshigi, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon katlamydagi uzilish; dastavval, 1985-yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992-yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga koʻra, antropogen (insoniyat faoliyati) taʼsirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon)ni sanoat va turmushda koʻplab miqdorda ishlatish natijasida roʻyobga chiqqan. Quyoshning ultrabi-nafsha (200—300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik orga-nizmlarga xavfli boʻlgan nurlanish Yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon katlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida 1985-yilda Vena konvensiyasi, 1987-yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.

Ammo keyingi yuz yilda havo haroratining isib borishi oli ngan ma’lumotlarga ko‘ra aniq bo‘lib qolmoqda. Chunki keyingi yuz-yilda iqlim o‘zgarishi davomli bo‘lib qolmoqda. Yerdagi iqlim o‘zgarishini kimdir astronomik jarayonlar ta’sirida siklichni holda deb bilsa, yana kimdir antropologik omillar ta’si rida Global isish bormoqda deydi. Aslida Yerimiz o‘z hayot jarayonida bir necha marta Global isish va sovush fazalarini boshidan kechirganligi isbotlangan. Endilikda fiziklar, astrofiziklar, kosmologlar, gelioseysmologlar, astroseysmologlar va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha shug‘ullanadigan olimlarning ma’lum qilishicha, kosmik jarayonlarning yer shariga ta’siri juda katta. Ammo inson bu jarayonga ta’sir qilolmaydi, yer sharida bo‘ladigan turli hodisalarga tayyor bo‘lishi kerak degan fikrni olg‘a suradi. Iqlim o‘zgarishi bugun Ona yerimizga ochiqdan ochiq tahdidi qilmoqda, buni keyingi o‘n yillik yoz oylarida bo‘lib o‘tayotgan voqealardan ochiqdan ochiq ko‘rish mumkin bo‘lmoqda. Bugun yer sharininig Shimoliy qismida ochiqdan ochiq issiq “apokalipsis” boshlandi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, issiq havo oqimi bir joyda uzoq turib qolmoqda, bunday joylarga Yevropa, Yaponiya va AQSH hududlari kiradi. Issiq havo oqimi 2011-yilda Texas va Oklaxomada turib qolishi natijasida o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi va katta miqdorda maydonlar yonib kuyib kul bo‘ldi, yomg‘ir bo‘lmasa bunday katta hududlarni o‘chirishini iloji yo‘q edi. 2016-yilda Kanada ham issiq havo oqimining to‘planishi natijasida katta o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi va tabiatga va Kanada davlatiga keltirilgan zarar miqdorini o‘lchash qiyin bo‘ldi. Bu yil, ya’ni 2018-yil yozida Amerika qo‘shma shtatlarida 4 million gektardan ziyod maydonda yong‘inlar bo‘lib o‘tdi, ammo bu yong‘inlarni o‘chirishga hech kimni yoki biron texnikani qudrati yetmadi. Faqatgina tabiat o‘zi yog‘dirgan yomg‘ir natijasida tabiatni kuydirib kul qilgan olovning jilovi tortildi.


Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin