KEYS tuzish (muammoli vaziyattuzish va uni yechimi) (1-3 bet) Ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi: Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat.
Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.
Keys-stadi ta’lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar ta’rifi: “Keys” va “keys-stadi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib, shunga ko’ra quyida ularning asosiy xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish maqsadida ko’p variantli ta’riflari berildi.
Keys – 1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to’plami;
2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar yig’indisi;
3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.