Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə1/9
tarix05.12.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#174002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
«EKOMONITORING VA EKOEKSPERTIZA» mustaqil ish mohinur


3O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” kafedrasi

«EKOMONITORING VA EKOEKSPERTIZA»
fanidan
Mustaqil ishi

Tuzuvchi: O’rinboyeva Mohinur

Urganch – 2022

Konspekt
Insonning tabiatga bo'lgan munosabatini o'zgartirishdir, endi o‘sib kelayotgan yosh avlodga to'g'ri ta’lim berishdir. Asosiy vazifa shundaki insonlar ongiga tabiat bilan hamohang yashash zarurligini singdirish lozim, tabiatni hurmat qilish hozirgi kunda dunyo jamoatchiligida asosiy shiorga aylanmoqda. Biz yashab turgan Er sharining saqlanib turishiga har bir inson javobgar, tabiatda yashash orqali unga zarar etkazmasligimiz va uni asrab-avvaylashimiz zarur. Ekologik monitoringni o'rgatishdan maqsad, faqat ekologiya sohasida bilimlarni shakllantirish emas, tabiatdagi xodisalami ilmiy tahlil qilish, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o‘zaro bogiikni fikrlashga hamda tabiatga amaliy yordam berishga o‘rgatish hisoblanadi.
Yaxshiroq o‘ylab ko‘rilsa bugungi kunda ekologik monitoring tabiatni o‘rganish borasidagi barcha sohalarda qoMlaniladi: atmosfera, tuproq, suv monitoringi, o'simliklar, hayvonlar, tuproq, qushlar va hokazo. Ekologik monitoringni yaxshi bilish natijasida atrof-muhitga to'g'ri munosabatda bo'iish, uni asrab-avvaylash, kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish mumkin. Insoniyat tabiatga bo'lgan o 'z qarashlari bilan eng so'ngi chegaraga etib bordi, endilikda yangi bilimlar, yangi munosabat, yangi mentalitet, yangi insonni tarbiyalashi kerak. Albatta, yangi shaxsni shakllantirish uchun mehnat bolalikdan boshlanadi. Bolaga go'dakligidan boshlab tabiat qonunlarini tushuntirib uni asrab-avvaylab, uni sevib yashashga o'rgatish lozimdir. Ikkinchi muhim masala ekologik ta’lim bugun hamma yoshdagi insonlar uchun bab-baravar lozim, ekologik ma’naviyat har insonda ustuvor yo'nalishga aylanishi va inson o'zining barcha hayotiy faoliyatida ekologik ta’limni yoshlarga singdirib borishga o'rganishi lozimdir.
Ekologik bilim xuddi oddiy arifmetikaday kundalik hayotimizda biz bilan yonma-yon bo'lishi kerak, biz qaysi soha mutaxassisimiz, o'qiymizmi, ishlaymizmi, shu jamiyatda yashar ekanmiz o'zim iz yashab turgan tabiatni saqlab qolishga harakat qilishimiz zarur. Ekologik ta’limni o'rgatishning uch asosiy yo'nalishi bor ular, quyidagicha:
1. Ekologik qonunlar, qoidalar, nazariyalarni, ilmiy tushunchalarni bilish; doimo «inson bilan tabiat» bir yagona, yaxlit degan fikrni yodda saqlash;
2. Tabiatni xayajonli - estetik did bilan madaniy ravishda qabul qilaolish, inson doimo tabiatni turli obrazlarda ko'raolishi va unga nisbatan muxabbatda bo'lishi;
3. Ijtimoiy tabiiy holatlarda doimo tabiatni o'ylab ish olib borish va ekologik muammolarni to'g'ri echish;
7 Ilmiy izlanishlar olib borish aslida muammoli o'qitishning bir uslublaridan biri hisoblanadi. Ilmiy kuzatuvlar olib borish - o‘quvchi yoki talabada faollik, intiluvchanlikni shakllantirib, o‘zi yashab turgan hududga qiziqishni o'stiradi, yoshligidan ekologik muammolarni tushunib etishga o'rgatadi. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun albatta oliy ta’lim muassasalaridagi o'qituvchilar bilan birgalikda ish olib borilishi kerak.
Olib boriladigan ilmiy ishning yo'nalishi juda katta ahamiyatga egadir, oTganiladigan ilmiy mavzu ular yashaydigan muhit muammolaridan kelib chiqqan bo'lsa juda yaxshi bo'ladi, o'zlari yashaydigan joyda hamma narsa juda yaxshi tanish, shuning uchun ishlarni bajarish oson kechadi. Izlanishlami o'quvchi yoki talaba bir o‘zi olib borishi mumkin, bu narsa uning o‘z xohishi va olib boriladigan mavzudan kelib chiqadi. Bu paytda yosh izlanuvchi o 'z ishini puxta olib borishga o'rganishi lozim, aks holda ba’zi hollarda u ishni qayta olib borishga yoki bir necha marta takror bajarishga ham rozi bo'lishi kerak, izlanishlar xaqiqiy bo'lishi uchun eksperimentlar birnecha joyda takror olib boriladi. Ammo, ilmiy izlanishlami bir necha kishi jamoa bo'lib olib borishi ham mumkin, bunda har bir izlanuvchi baravar ishtirok etishi lozim, har kim olinadigan ilmiy xulosalar uchun o 'z javobgarligini xis qilishi kerak bo'ladi. Olib boriladigan ilmiy ishlar turiga qarab uch yo'nalishga bo'linadi:
1 - nazariy kuzatishlar;
2 - amaliy tajribalar olib borish;
3- tizimli, maktab yoki oliy maktab ekologik monitoringi asosida olib boriladigan qator izlanishlar.
Olib boriladigan nazariy kuzatishlar quyidagi tarzda bo'lishi mumkin: shu sohaga oid adabiyotlarni o'rganish, ekologik muammolar bo'yicha referatlar, maruzalar, maqolalar tayyorlash, konferentsiyalar o'tkazish. Bunday amaliy tajribalami hudud miqyosida muammoli mavzelarda alohida eksperimentlar o'tkazish yo'Ii bilan bajarish mumkin, masalan, o'zi yashab turgan o'lkadagi tirik organizmlar, shuningdek, uning tarixi, madaniyati, iqlimi haqida m a’lumotlar bo'lishi mumkin. O'simliklar va hayvonlar turini o'rganish; yashayotgan joyidagi tarixiy obidalarni inventarizatsiya qilib joylashish kadastirini tuzib chiqish; «Qizil kitob»ga kirgan o'simliklar va hayvonlar turini o'rganish,tuproq turlarini; buloqlar sonini; ekologik so'qmoqlar tashkil qilib ularni belgilab chiqish; yaqin qo'riqxonalarda bo'lib o'sim lik va hayvonlarning morfologik va anatomik belgilarini to'liq yozib olish, ekotizim bilan tanishish va boshqalar.
Tizimli izlanishlar deganda, bu yuqori sinflar yoki oliy maktab talabalari o 'z o'qituvchilari bilan birgalikda ekologik monitoring asosida jamoa bo'lib atrof-muhitda bo'layotgan o'zgarishlarni o'rganadi hamda kuzatadi, ushbu tajribalar ham ta’lim berishi va tarbiyaviy ahamyati bo'lishi kerak. Bizni o‘rab turgan tabiat yoki atrof-muhitning monitoringi biosferaning holatini kuzatish va undagi o'zgarishlami uzoq vaqt davomida o‘rganish hamda baholashni o'rganadi. Bundan tashqari antrapogen omillar ta’sirida inson sog'ligi boshqa tirik organizmlar ning rivojlanishiga ta’sir ko'rsatuvchi jiddiy vaziyatlaming oldini olishni maqsad qilib qo'ygan



Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin