Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar
5.Darbin-Uotsin mezonini hisoblash metodikasi va tahlili.
Hozirgi vaqtda avtokorrelyatsiya mavjudligini tekshirishda Darbin – Uotson
mezoni qo’llanadi:
DW mezonning mumkin bo’lgan qiymatlari 0–4 oraliqda yotadi. Agar qatorda avtokorrelyatsiya bo’lmasa, uning qiymatlari 2 atrofida tebranadi. Hisoblab to’ilgan haqiqiy qiymatlari jadvaldagi kritik qiymat bilan taqqoslanadi. Agarda DWhaqDWpast bo’lsa, qator avtokorrelyatsiyaga ega; DhaqDWyuqori bo’lsa u avtokorrelyatsiyaga ega emas; DWpastDWhaqDWyuqori bo’lsa, tekshirishni davom ettirish lozim. Bu yerda DW’ast va DWyuqori – mezonning quyi va yuqori chegaralari. Salbiy avtokorrelyatsiya mavjud (minus ishoraga ega) bo’lsa, u holda mezon qiymatlari 2–4 orasida yotadi, demak, tekshirish uchun DW4- DW qiymatlarini aniqlash kerak.
6.Bashorat modelini adekvatligini baholovchi mezonlar.
Bashorat - bu ehtimol yo’nalishlar, obhektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu obyektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir.
Prognozlash nima bo’lishi mumkinligini ko’rsatib beradi; rejalashtirish - bo’lishi shart degan mahnoni bildiradi.
Bashoratlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, sotsial, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k.
Bashoratlashtirish masshtabiga ko’ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy bashoratlarga ajratiladi.
Tuzilish intervali bo’yicha o’erativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Qisqa muddatli bashoratda faqat miqdoriy o’zgarishlar ehtiborga olinadi. Uzoq muddatli bashorat ham miqdoriy, ham sifat o’zgarishlarga asoslangan bo’lib, o’z o’rnida o’rta muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Bashoratlash yo’nalishlariga ko’ra izlanishli va normativli bo’lishi mumkin.
Izlanishli bashorat – agar hozirgi tendentsiyalar saqlanib qolsa iqtisodiy tizim qanday rivojlanadi, degan savolga javob beradi. Tizimga tahsir etuvchi omillar o’zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin?
Normativli prognoz – bu bo’lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish
yo’nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi).