Bog’liq va bog’liq bo’lmagan
o’zgaruvchilarni tanlash
Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish
ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda
ikki xil belgilar yoki ko’rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli
o’zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o’zgaruvchilar hisoblanadi.
Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi,
ularning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. shuning uchun ular
omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa
natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug’doyga
suv, mineral o’g’itlar va ishlov berish natijasida ularning
hosildorligi oshadi. Bu bog’lanishda hosildorlik natijaviy
belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o’g’it, ishlov berish
va h.k.) omil belgilardir.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Omil va natijaviy belgi
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida
natijaviy belgining har xil qiymatlari mos
keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish yoki
munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning
xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda
omillarning to’liq soni noma’lumdir. Shuning
uchun bunday bog’lanishlar to’liqsiz hisoblanadi
va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash
mumkin, xolos.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Korrelyatsion munosabat
korrelyatsion munosabatda erkin o’zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga (
k
...
1
i
x
i
) erksiz o’zgaruvchi U belgining (
1..s
j
j
y
) taqsimoti mos keladi. O’z-
o’zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U belgining har bir qiymati (
j
y
) ham birinchi X
belgining (
i
x
) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar to’plam hajmi katta bo’lsa, belgi X
va U larning juft qiymatlari
i
x
va
j
y
ham ko’p bo’ladi va ulardan ayrimlari tez-tez
takrorlanishi mumkin. bu holda korrelyatsion bog’lanish kombinatsion jadval
(korrelyatsiya to’ri) shaklida tasvirlanadi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
To’g’ri va egri chiziqli bog’lanish
Bog’lanishlar to’g’ri chiziqli va egri chiziqli bo’ladi. Agar bog’lanishning
tenglamasida omil belgilar (X
1
, X
2
, ......., X
K
) faqat birinchi daraja bilan ishtirok etib,
ularning yuqori darajalari va aralash ko’paytmalari qatnashmasa, ya’ni
K
i
i
i
x
Х
a
a
y
1
0
ko’rinishda bo’lsa, chiziqli bog’lanish yoki xususiy holda, omil bitta
bo’lganda y=a
0
+a
1
x to’g’ri chiziqli bog’lanish deyiladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
EGRI CHIZIQLI BOG’LANISH
Ifodasi to’g’ri chiziqli tenglama bo’lmagan bog’lanish egri chiziqli bog’lanish
deb ataladi. Xususan,
parabola y=a
0
+a
1
x+a
2
x
2
giperbola
1
0
x
a
a
y
x
darajali
a
x
x
a
y
0
va boshqa ko’rinishlarda ifodalanadigan bog’lanishlar egri
chiziqsiz bog’lanishga misol bo’la oladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Korrelyatsion va regression tahlilni qo’llash vaqtida, omillarni
tanlab olish va ulardan modellarda foydalanish hamda
baholashdagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Omillarni o’rganish bilan qamrab olinadigan ro’yxat chegaralangan, omillar esa
nazariy asoslangan bo’lishi lozim.
2. Modelga kiritilgan barcha omillar miqdor o’zgarishlarga ega bo’lishi kerak.
3. Tadqiq qilinayotgan to’plam sifatli bir jinsli bo’lishi lozim.
4. Omillar o’zaro funktsional bog’lanmasliklari shart.
5. Kelajakda omillar o’zaro ta’sirini ekstrapolyatsiya qilish uchun modellardan
foydalanilayotgan vaqtda xarakter jiddiy o’zgarmasligi, statistik mustahkam va
barqaror bo’lishi lozim.
6. Regression tahlilda har bir omilning qiymatiga bir xil regressiyali natijaviy
o’zgaruvchi taqsimoti normal yoki yaqin darajada mos kelish lozim.
7. O’rganilayotgan omillar tadqiq etilgan, natijaviy ko’rsatkichli, mantiqan davriy
bo’lishi lozim.
8. Natijaviy ko’rsatkichga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan faqat muhim omillar ta’sirini
ko’rib chiqish lozim.
9. Regressiya tenglamalariga kiritilgan omillar soni katta bo’lmasligi lozim. Chunki
omillar sonining katta bo’lishi, asosiy omillardan chetga olib kelishi mumkin.
Omillar soni kuzatishlar sonidan 3-5 marta kam bo’lishi kerak.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
10. Regressiya tenglamasining omillari turli xil xatolar ta’sirida buzilishga olib
keladigan xatoliklar bo’lmasligi kerak. Omillar o’rtasida funktsional yoki
shunga yaqin bog’lanishlarning mavjudligi - multikollenearlik borligini
ko’rsatadi.
11. Kuzatuvlar sonini oshirish uchun ularning makonda takrorlanishidan
foydalanish mumkin emas. Makonda hodisalarning o’zgarishi avtoregressiyani
vujudga keltirishi mumkin. Avtoregressiya esa statistikadagi mavjud
o’zgaruvchilar o’rtasidagi bog’lanishni ma’lum darajada buzadi. Shuning
uchun ko’rsatkichlar dinamik qatorlarida regression bog’lanishni o’rganish
statistikadagi bog’lanishni o’rganishdan tubdan farq qiladi.
12. Har bir omil bo’yicha taqsimot normal taqsimotga ega bo’lishi shart emas.
Bu regression tahlilni natijaviy, alomatli qiymat va tasodifsiz qiymatli omillar
o’rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
13. Omillarni natural birlikda o’lchashda nisbiy qiymatlarga nisbatan ortiqroq
ko’rish lozim. Nisbiy qiymatlar o’rtasidagi korrelyatsiya, regressiya tenglamasi
parametrlari qiymati bog’lanish mazmunini buzishi mumkin.omillar o’rtasidagi
bog’lanishni ifodalovchi sifatida ta’riflashdan kelib chiqadi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Demak, ekonometrik modellarga qo’yiladigan
asosiy talablar :
1) Modelda kuzatilayotgan ning o’zgarishiga
kuchli ta’sir qilayotganasosiy omillar qatnashishi
kerak;
2) Barcha bog’liq bo’lmagan omillar asosiy
bog’liq bo’lgan omil bilan zich bog’langan bo’lishi
kerak;
3) Bog’liq bo’lmagan omillar o’zaro sust
(kuchsiz) bog’langan bo’lishi kerak.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Statik va dinamik modellar
Statik modellar o’zida vaqtning ayrim, qayd
qilingan oralig’ini qamrab oladi.
Dinamik model vaqtning izchil oraliq tizimi
holatini aks ettiradi. O’zgaruvchan
xarakterga ko’ra, boshlang’ich iqtisodiy
ishlab chiqarish omillari yoki aralash
omillarni o’z ichiga olgan modellarni
ko’rsatish mumkin.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Quyidagi modellar turi boshlang’ich va ishlab
chiqarish omillarining turli kombinatsiyalarini
beradi:
a) ishlab chiqarish natijalarining boshlang’ich resurslar xarajati
darajasi va tarkibiga hamda ishlab chiqarish ehtiyojlari
sharoitiga bog’liqligini xarakterlaydigan to’liq modellar;
b) ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoiti ob’ektlari guruhi yoki
vaqt bo’yicha barqaror hisoblangan paytlarda qo’llaniladigan
«vazifalar - mahsulot ishlab chiqarish» modeli;
c) ishlab chiqarish texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi
o’zaro va boshlang’ich ishlab chiqarish omillari bilan aloqalarini
xarakterlovchi turli xil modellar.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Umumiy va xususiy modellar
Modellar o’zgaruvchanligiga ko’ra, umumiy va xususiy
modellarga bo’linadi. Umumiy model o’lchanadigan
alomatlarning barchasini hamda o’rganilayotgan ishlab
chiqarish jarayonining bir tomonini, masalan, tabiiy
sharoit belgilarini qisman o’z ichiga oladi. Alomatlarning
barchasini o’z ichiga olgan model bilan xususiy (masalan,
faqat tabiiy sharoit omillari) modelni taqqoslab, ishlab
chiqarish tabiiy iqlim omillarining ta’siri qaysi vaqtda
ko’proq, qaysi vaqtda kamroq bo’lishini aniqlash mumkin.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Pog’onali va satxli model
Tasniflashning mana shu turiga modellarning bir sathli,
pog’onali va ko’p sathli bo’linishi ham kiradi. Ayrim
hollarda ishlab chiqarish boshlang’ich omillarining katta
sonlarni hisobga olish va xususiy texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlar orqali ularni samaradorlikning umumiy
sintetik ko’rsatkichlariga ta’sirini tekshirish xususiyati
bilan ikkinchi sxema ustun turadi.
Pog’onali, ko’p sathli modellar faqat turli darajadagi
iqtisodiy aloqalarni aks ettirish uchun tuzilmay, balki turli
davrlarga mansub bo’lgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni
modellashtirish bilan aniqlash uchun ham tuziladi.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
TASNIFLASH MODELLARI
Tavsiflash modellari - o’zgaruvchan o’zaro aloqalarni eng yaxshi tarzda
tavsiflaydigan regressiyalarni tenglashtirish modeli hisoblanadi.
Bunday hollarda modellar parametri mazmundor ma’noga ega
bo’lmaydi. Mazkur parametrlar qiymatini belgilashda approksimatsiya,
ya’ni tavsiflanayotgan o’zgaruvchan kirish bilan tavsiflanayotgan
chiqish o’rtasidagi statistik muvofiqlik barqarorlik vazifalari hal eiladi.
Tavsiflash modellarini tuzish paytida ko’pincha belgilangan
muddatdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarning aralashma faktlaridan
foydalaniladi. Bunday hollarda ko’rsatkichlar harakatidagi ketma-
ketlik va aloqalar mavjudligi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar
tadqiqotchilarni qiziqtiradi
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Tushuntirish-bashoratlash modellari
Tushuntirish - bashoratlash modeli parametrlarini
baholashda aynan tenglashtirish masalasi hal
qilinadi. Masalaning mohiyati qandaydir to’g’ri
keladigan statistik usullar yordamida chuqur
ma’noli farazlar asosida tuzilgan tenglamalarning
noma’lum parametrlarini qidirib topishdan iborat.
Binobarin, identifikatsiya masalalarining
approksimatsiya masalalaridan farqi shundaki,
unda oldindan o’zgaruvchan bog’lanish tarkibi
berilgan bo’ladi
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
ADABIYOTLAR
Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B.
Ekonometrika:
o’quv
qo’llanma.
–T.:
IQTISODIYOT, 2018. -178 b.
Habibullaev I., Utanov B. Ekonometrika
asoslari: o’quv qo’llanma. –T.: IQTISOD-
MOLIYA. 2018. -192 b.
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Профессор АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Dostları ilə paylaş: |