Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o‘zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko‘zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo‘lishi kerak. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko‘plikdagi korrelyasiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo‘yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |