Ekonometrika asoslari


L miqdorga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/4
tarix02.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#171514
1   2   3   4
Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish

1.L miqdorga ta’sir etuvchi omillar:

  1. ish kuni, haftasi, yilining davomi;

  2. ishchi kuchining yosh tarkibi;

v) ishchi kuchining jins bo‘yicha tarkibi.
2.MUga ta’sir etuvchi omillar:

  1. umumiy ta‘lim darajasi;

  2. kasbiy ta‘lim darajasi

v) ko‘nikma darajasi (kasb bo‘yicha ishlagan vaqt);
g) mehnatga haq to‘lash darajasi va tizimi.
Ishlab chiqarish fondlari (moddiylashgan mehnat):
1.K miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar:

  1. fondlarning qancha vaqt ishlatilishi va potensial quvvatlardan

foydalanish darajasi;

  1. fondlarning aylanma tezligi.


2.Ishlab chiqarish fondlari baholanishiga ta’sir etuvchi omillar:

  1. fondlar texnologik darajasi va ma‘naviy eskirish darajasi;

  2. fondlarning tarmoqlararo taqsimlanishi;

v) fondlarning hududiy taqsimlanishi;
g) ishlab chiqarish ko‘lami.
Omilli yondashuvning rivoji ishlab chiqarish funksiyasi usuli takomillashuvidan ko‘ra, iqtisodiy va statistik ishlar chuqurlashuvini ko‘zda tutadi.
Omil tahlil va prognozlashda tarmoqlararo nuqtai nazarlarga yondashish maqsadga muvofiqdir. Birinchidan, tarmoqlarning omillar va xususiyatlari roli kuchayadi, oraliq harajatlar (hom ashyo, yoqilgi, elektrenegiya, yarimfabrikatlar) muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan jonli mehnat va ishlab chiqarish fondlarini differensiyalash imkoni paydo bo‘ladi (masalan, ish kuchini kasblar va malaka darajasiga qarab guruhlash). Uchinchidan bir tarmoq o‘sishi boshqa tarmoq o‘sishiga asos bo‘lgani uchun, omil tahlil tarkibiy tahlil bilan birikib ketadi.
2. Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash.
Inflyatsiya - bu, milliy valyuta qadrsizlanishi. Buning natijasida tovar va xizmatlar narxining yoppasiga o‘sishi ro‘y beradi (ochiq inflyatsiya). Ammo davlat narxlarni «muzlatib» qo‘ysa va shu bilan birga inflyatsion omillar amal qilsa, inflyatsiya potensiali o‘sadi (siqilgan inflyatsiya) va agar narxlar «qo‘yib yuborilsa», narxlarning ko‘chkisimon o‘sishi ro‘y beradi. Inflyatsiyaga narxlarning o‘sishi olib keladi, lekin har qanday narxning o‘sishi inflyatsiya bilan boglanmagan.
Narxlar o‘sishining inflyatsion sabalarini qo‘rib chiqamiz.
Avvalo-bu, davlat byudjet defitsitida aksini topuvchi davlat harajatlari va daromadlarining nomutanosibligi, balanslashmaganligidir. Agar bu defitsit mamlakat markaziy emission bankida zayomlar hisobiga, boshqacha aytganda «bosma uskunasidan» faol foydalanish hisobiga moliyalashtirilsa, muomaladagi pul massasining oshishiga olib keladi, o‘z navbatida narxlar darajasining o‘sishi ro‘y beradi.
Agar analogik usullar bilan investitsiyalarni moliyalashtirish amalga oshirilsa, narxlarning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotni militarizatsiyalash bilan bogliq investitsiyalar inflyatsion xavfli hisoblanadi. MDni harbiy maqsadlarga noishlab chiqarish iste‘moli nafaqat milliy boylikni yo‘qotishini anglatadi, bir vaqtning o‘zida harbiy assignatsiya qo‘shimcha to‘lovga qobil talabni shakllantiradi, bu esa pul massasining tovar ta‘minotisiz osilishiga olib keladi. Harbiy harajatlarning o‘sishi davlat byudjeti surunkali defitsitining va davlatning boshqa davlatlardagi qarzlari ko‘payishining sabablaridan biri va u davlatni pul massasini ko‘paytirishga majbur qiladi.
Narxlar darajasining umumiy ko‘tarilishi zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining turli maktablari hamda XX asr o‘rtasi va oxirida bozor strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq. Bozorda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar faoliyat ko‘rsatsa va kapital qo‘yilishi oson bo‘lganda bu struktura raqobat shartlari xaqida tobora kamroq eslatadi. Zamonaviy bozor – bu, ma‘lum darajada oligopolistik bozordir. Oligopoliya esa baho (narx) ustidan ma‘lum hokimiyatga ega. Barqaror narxlarni saqlab qolishga intilib, oligopoliyalar ularning mahsulotiga talabning pasayganida odatda, narxlarni pasaytirmaydilar, balki defitsitni vujudga keltirib, ishlab chiqarishni qisqartiradilar. Bundan tashqari oligopoliya asosida kuchli kasaba uyushmalarning faoliyati tufayli «narxlar-ish xaqi-narxlar» inflyatsion spirali shakllanadi.
U yoki bu davlat iqtisodiyoti «ochiqligi»ning o‘sishi bilan, uning jahon xo‘jalik aloqalariga kirib borishi bilan import inflyatsiyasi xavfi ortib boradi. Shunday holda, 1973 yilda energotashuvchilar narxining o‘sishi («energetik krizis») import qilinuvchi neft narxining o‘sishiga va texnologik zanjir bo‘yicha boshqa tovarlarning narxining o‘sishiga olib keldi. O‘zgarmas valyuta kursi sharoitida mamlakat har gal import tovarlari narxlari ko‘tarilishiga «tashqi» ta‘sirni boshdan kechiradi.
Inflyatsion kutishlar natijasida inflyatsiya o‘zini - o‘zi quvvatlovchi xarakter kasb etadi. Garb mamlakatlari va mamlakatimizdagi olimlarning ko‘pchiligi bu omilga alohida qaraydilar. Ular ishlab chiqaruvchilar va aholining inflyatsion kutishlarini yengib o‘tish - antiinflyatsion siyosatning eng muhim (agarda bosh bo‘lmasa) vazifasi deya urgu beradilar.
Inflyatsion kutishlarning iqtisodiyotga ta‘sir mexanizm qandayq Gap shundaki, aholi uzoq vaqt davomida narxlarning o‘sishini ko‘rib va ularning pasayishiga umidni yo‘qotib, o‘zining joriy ehtiyojlaridan ortiq tovarlar sotib ola boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida odamlar nominal ish haqini oshirishni talab qiladilar va shu bilan joriy iste‘mol talabining ko‘payishiga turtki beradilar. Ishlab chiqaruvchi yaqin orada xom-ashyo, material va jamlovchi mahsulotlar qimmatlashishini kutib, mahsulotiga yuqoriroq narx kuya boshlaydi. Puldan qochish boshlanadi.
Inflyatsiya va uning omillari orasidagi vaqtli boglanishni belgilash muhim, bu inflyatsion jarayonlarni prognozlash va boshqarishga imkon beradi. Inflyatsiyaning yangi kurtagi chiqishi – bu, omillarning vaqt orasidagi dinamikasi bilan bogliq. Pul massasining o‘sishi va uning tovar bilan ta‘minlanishi o‘rtasidagi nisbatni topish uchun ishlab chiqarish va narxlar darajasi dinamikasini tahlil qilish zarur. Aynan indeks inflyatsiyadan darak beradi. Narxlar indeksini hisoblash uchun ma‘lum vaqtdagi «bozor savati» tovar va xizmatlarning jami narxlari o‘rtasidagi munosabat olinadi. Odatda, «bozor savati» tovarlari tarkibiga barcha aholi xarid qiladigan ko‘prok tovarlar kiritiladi. Indeks, odatda, %da ifodalanadi:
Z S C 100%
Bu yerda: Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;4 S-berilgan davrdagi «bozor savati» narxi; S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‘ra, inflyatsiyaning real darajasidan past bo‘lib chiqadi:

  1. Avvalo, odatda, «savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi mahsulotlarning narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‘yicha hisoblangan narxlarning o‘sish indeksi savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‘yicha hisoblangan indeksdan ancha past chiqadi.

  2. Хalq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‘rniga ularning sifati pasayishi mumkin. Alohida tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra,
    1987-1989 yillarda sovet korxonalari ishlab chiqargan xalq iste‘moli tovarlarining sifati har yili o‘rtacha 2%ga, chakana narxlarni saqlagan holda, pasayishi kuzatilgan. Sifatning pasayishi bu tovarning iste‘mol xususiyati, foydaliligi pasayishiga olib keladi, shu bilan bogliq holda u foydalilik xususiyati birligidan ancha yuqori narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar indeksining adekvat o‘sishi sifatida ko‘rishga barcha asos mavjud.

  3. Ko‘rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi, yetarlicha qudratli, iqtisodiyot defitsitida namoyon bo‘luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Хalq iste‘moli tovarlarining defitsiti inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bogliq inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi shunday narxlarning o‘sishida kuzatiladiki, agar tovarni ochiq bozordan harid qilish imkoni bo‘lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy, «qora bozor»dan sotib olishga majbur bo‘ladi.

  4. Iste‘mol narxlarining o‘sishi ishlab chiqarish harajatlarining ko‘payishi (ulgurji narxlarning o‘sishi) bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. qazib oluvchi tarmoqlarda, ayniqsa, yoqilgi-energetika majmualarida narxlarning o‘sishi ma‘lum vaqtdan keyin xalq xo‘jaligining barcha sektorlaridagi harajatlar darajasida «domino» prinsipi bo‘yicha aksini topadi.

Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarning ko‘payishi ro‘y beradi.
Demak, narxlar indeksining o‘zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli xil omillarga bogliq: «bozor savati»ning tarkibi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va xalq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu indeksni qo‘llash inflyatsiya sur‘atlarini prognozlash uchun yetarli emas.
Iste‘mol narxlari o‘sishi ko‘rsatkichini Yaim deflyatorining o‘sish ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish kerak, degan fikr bor.
Bu yerda: D-YaIM deflyatori;
Nn-nominal YaIM; Np-real YaIM.
Ma‘lumki, bu ko‘rsatkichlarning ustunlik va kamchiliklari bor. Narxlar indeksi (va mos ravishda o‘sish sur‘atlari) nisbatan soddaligi va hisob - kitoblarning operativligi bilan Yaim deflyatori indeksi oldida ustunlikka ega. Katta harajatlarsiz narxlar indeksini nafaqat yillik, balki oylik, hatto haftalik oraliqlar uchun aniqlash mumkin. Aynan shuning uchun undan turli maqsadlarda keng foydalaniladi - aholi daromadlari indeksatsiyasini nazariy tahlilidan to amaliy hisob - kitoblarigacha.
Yaim deflyatsiyasi hisob-kitoblarining keng ko‘lamliligi tufayli u chorakda bir marta, odatda bir yilda bir marta nominal va real Yaimning yillik hajmi aniqlanishi bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Yaim tarkibini hisob - kitoblaridagi doimiy to‘g‗rilashlar tufayli uning hajmi, o‘z navbatida Yaim deflyatorining hajmi bir necha marta qayta qo‘rib chiqiladi (ba‘zida yillar o‘tib). Bu holat nafaqat o‘tish davridagi mamlakatlarga, balki nisbatan mukammalroq statistikaga ega rivojlangan davlatlar uchun ham xarakterlidir. Shuning uchun Yaim deflyatoridan amaliy maqsadlarda kam foydalaniladi. Shunga qaramay, deflyatorning iste‘mol narxlari indeksi oldida bir muhim ustunligi bor, chunki deflyator Yaimning barcha komponentlari uchun xisoblanadi (xususiy va davlat iste‘moli, investitsiyalar, tashqi savdo), shuning uchun unda investitsion jarayonlar, kamida nazariy, unda to‘liqroq hisobga olinishi kerak.
Korrelyatsiya koeffitsiyenti yordamida iste‘mol narxlari indeksi va Yaim deflyatori mohiyatiga ko‘ra, bir xil hodisani xarakterlashi isbotlangan. Ular orasida farq katta emas. Shuning uchun omilli tahlilda bir o‘zgaruvchini boshqasiga almashtirishi uning natijalariga statistik ahamiyatli ta‘sir etmaydi. O‘z navbatida, iste‘mol narxlari indeksi ko‘rsatkichini Yaim deflyatori indeksi ko‘rsatkichi bilan almashtirish va aksincha, inflyatsiya sur‘atlarini boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkich bilan boglab turuvchi hollarda sifatli o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin emas.
Biroq ko‘pchilik iqtisodchilar inflyatsiya sur‘atlarini taxlil qilish va prognozlashda 1 ta ko‘rsatkichni o‘rganishi yetarli emasligini, turli ko‘rsatkichlarning kompleks tahlili kerakligini ta‘kidlaydilar.
Inflyatsiya dinamikasini prognozlash uchun iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni va mos ravishdagi vaqt oraligini belgilash kerak.
Odatda esa, masalani o‘rganish pul massasi dinamikasi va iste‘mol narxlari indeksi tahlili bilan cheklaniladi. Тurli davlatlarda milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga oluvchi inflyatsiya darajasini prognozlashning turli modellari ishlab chiqilmoqda. Masalan, AQShda ishlab chiqilgan inflyatsiya darajasini hisoblashning MODJS modeli. Bu ekonometrik modelda quyidagi omillar - argumentlar qo‘llanilgan:

  • hukumat ko‘zda tutayotgan egri soliqlarning o‘zgarishi (narx ichidagi soliqlarning);

  • davlat subsidiyalari (subvensiya va dotatsiyalari)ning taxminiy o‘zgarishi;

  • davlat nazoratidagi ba‘zi tovar va xizmatlar guruhi narxining taxminiy o‘zgarishi;

  • hukumat va fermer uyushmalari o‘rtasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxi bo‘yicha mehnat bitimlari va kelishuvlarining ma‘lum holati;

  • transfert to‘lovlari.

Yuqorida keltirilgan barcha omillar boshqaruvchi (instrumental), chunki hukumat qarorlariga bog‗liq va shu ma‘noda ular endogen hisoblanadi. Modelda omillar sifatida ba‘zi ekzogen o‘zgaruvchilar ham qo‘llanilgan:

  • import mahsulotga prognoz narxlar; - bandlik darajasi prognozi va boshqalar.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin