Fisherning F mezoni yordamida to’liq modelning adekvatligini, ya’ni real iqtisodiy jarayonga mosligini tekshirish mumkin:
Bu erda n- kuzatuvlar soni, m - modeldagi ta’sir etuvchi omillar soni, R - ko’p omilli korrelyatsiya koeffitsienti.
Hisoblangan Fisher mezoni jadvaldagi qiymati bilan solishtiriladi. Jadvaldagi Fisher koeffitsientini topish uchun qator va ustunni aniqlash zarur:
va
Agar bo’lsa model ahamiyatli, ya’ni regressiya tenglamasi turi to’g’ri aniqlangan deb hisoblanadi.
Styudentning t mezoni. Mazkur mezon Styudent taxallusli ingliz matematigi Uilyam Gosset tomonidan ishlab chiqilgan.
Styudentning t taqsimoti kichik tanlamalar uchun maxsus belgilangan. t taqsimot taqsimlagichli suratga ega bo’lgan qiymat munosabatlarida, keyinchalik arifmetik o’rtacha qiymat taqsimlashda uchraydi.
38. Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashning umumiy tushunchalari va obyektlari. «Ijtimoiy-iktisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash» fanining
predmeti - prognozlashtirish ob’ektining rivojlanish qonuniyatini o‘tmishi asosida
o‘rganib, butun bir iktisodiy majmua va uning tarkibiy kismlari ob’ektiv
asoslangan rivojlanish holatlari va tendensiyalarining vaqt va fazo(joy)dagi miqdor
va sifat darajalarini aniqlashdir. Makroiqtisodiyot (xalq xo’jaligi) va uning
tarmoqlarida kechayotgan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish asoslarini
o’rganish; aniq iqtisodiy tizim misolida modellashtirish masalasini qo’yish va
iqtisodiy ma’nosini tushunish; iqtisodiy masalalarni echish usullarini, shuningdek
kompyuterda hisoblash tajribalarini o’tkazish va ularning natijalarini tahlil qilishni
o’rganishdan iborat.
«Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash» ning
asosiy vazifasi jamiyatni iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish yullarini real baholash, bu
rivojlanishning maqbul boshqaruv yechimlarini ilmiy asoslash uchun ustivor
variantlarni aniqlashdir. Bundan tashqari, u iqtisodiyotning rivojlanish
yunalishlarini miqdor va sifat jihatdan tahlil qiladi, muamolarni, yangi jarayon
va holatlarini o‘rganadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning ehtimolli
yunalishlarini belgilaydi, imkoniyatlarni baholaydi, ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiytexnik va boshqa chora-tadbirlarni hayotga tadbiq etadi, samarasini aniqlaydi,
ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy-texnik bosh yunalishlarni asoslaydi.
Ijtimoiy –iktisodiy jarayonlarni moddellashtirish va prognozlash asoslarni bilish
mutaxassisga ruy berayotgan vokea xodisalarni urganishga abstraksiyalashgan (
narsa yoki xodisalarning muxim va muayyan belgi va qonuniyatlarini ajratish
maksadida ularning ba’zi juziy tomonlarini yeki boglanishlarini fikran bir
chekkaga quyib turib fikr yuritish), ikkinchi ma’nosi mavxum tushuncha
abstraksiyalashtirish yuli bilan xosil kilingan (nazariy umumlashtirma, nazariy
xulosa) xolda va asosli ravishda yondashish, prognozlash jarayenida yuzaga
keladigan xolatlarni tushuntirish va axamiyatini baxolash imkonini beradi.
Fanning maqsadi asosiy tamoyillarni va yo‘llarni o‘rganish asosida jamiyatda
sodir bo‘layotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga bog‘langan holda, bu tarmoq
tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy o‘rganishdan iborat.
«Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash» faninin
maqsadi bulib ijtimoiy-iktisodiy jarayenlarni urganish, taxlil kilish, tartibga solish,
boshkarish, rejalashtirish va prognozlash asosida ijtimoiy-iktisodiy
munosabatlarni takomillashtirish buyicha xulosa va tavsiyanomalar ishlab chikish,
prognozlashning butun tizimini qurishga qaratilgan metodologik va metodik
yo‘llarini, tarmoq tajribasi va amaliyoti misolida prognozlashni amaliy
o‘rganishdan iborat.
Yoki boshkacha etsak Fanning maqsadi – milliy iqtisodiyotning ijtimoiy –
iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish prognozlashning butun tizimini qurishga
qaratilgan metodologik va metodik yo‘llarini o‘rganish