Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari


Talab va taklifning ekonometrik modellari



Yüklə 123,24 Kb.
səhifə13/20
tarix15.10.2023
ölçüsü123,24 Kb.
#155734
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari

20. Talab va taklifning ekonometrik modellari

R - bir birlik mahsulotning narhini bildiradi, abtsissa o’qi bo’yicha belgilangan Q –mahsulot miqdorini ifodalaydi. Mahsulot narhi - bu sotuvchi taklif qilayotgan mahlum miqdordagi mahsulot uchun oladigan va xaridor talab qilayotgan bu mahsulot uchun to’laydigan to’lovdir.

Taklif funktsiyasi - QS bozorning narhlarida ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishiga xoxishi borligini bildiradi. Bu egri chiziq yuqoriga yo’nalgan bo’ladi, negaki narh qancha yuqori bo’lsa shuncha ko’p firmalar mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishga intilishi mumkin bo’ladi.

Talab funktsiyasi - QD, bozorning xar bir narhida istehmolchilar qancha miqdorda mahsulot xarid qilishga tayyor ekanliklarini bildiradi. Talab egri chizig’i ‘astga yo’nalgan, negaki odatda istehmolchi narh ‘ast bo’lganida ko’proq mahsulot xarid qilishni afzal ko’radi


Talab va taklif funktsiyalari bir nuqtada , talab va taklif muvozanatlashgan A nuqtada kesishadi, yahni muvozanat narh – R* va muvozanat ishlab chiqarish miqdorida- Q*. Muvozanat narhda R* taklif qilinayotgan va talab qilinadigan mahsulot miqdori bir miqdorda Q* -ga tengdir. Bozor mexanizimi erkin bozordagi sharoitni muvozanat narh o’rnatilmagunicha o’zgarishini tahminlaydi, yahni narhning o’zgarishi taklif qilinayotgan mahsulot xajmi talab qilinayotgan mahsulot xajmiga teng bo’lmagunicha davom etadi. Muvozanat nuqtasida defitsit ham, ortiqcha taklif ham bo’lmaydi, shunday ekan bozorda narhni o’zgarishiga olib keluvchi kuchlar ham bo’lmaydi.
Bahoga nisbatan talabning chiziqli ko’rinishidagi ekonometrik modeli
Qd=a0+a*’
Bahoga nisbatan taklifning chiziqli ko’rinishidagi ekonometrik modeli Qs=b0+b*’

21. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash.

Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko’rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o’zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o’zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga tahsir etadi, ularning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, ‘axta yoki bug’doyga suv, mineral o’g’itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog’lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga tahsir etuvchi kuchlar (suv, o’g’it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.


Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to’liq soni nomahlumdir. SHuning uchun bunday bog’lanishlar to’liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o’zgaruvchi X
belgining har bir qiymatiga ( xi  1...) erksiz o’zgaruvchi U belgining ( j  1..s )
taqsimoti mos keladi. O’z-o’zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U belgining har bir qiymati ( ) ham birinchi X belgining ( x) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar

to’’lam hajmi katta bo’lsa, belgi X va U larning juft qiymatlari



xva

ham ko’p

bo’ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. bu holda korrelyatsion bog’lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya to’ri) shaklida tasvirlanadi.





Yüklə 123,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin