Ekonometrika fanining mohiyati , vazifalari va predmeti
|
|
EKONOMЕTRIKA FANINING MOHIYATI, VAZIFALARI VA PREDMETI
|
REJA:
|
|
Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti
|
|
Modellashtirish tushunchasi, turlari
|
|
Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
|
Ekonometrika fanining mohiyati, vazifalari va predmeti
Ekonometrikani oʻrganish iqtisodiyotga oid har qanday fanning asosiy mohiyatini belgilaydi va u har bir iqtisodchining savodli boʻlishini ta'minlaydi deyish mubolagʻa boʻlmaydi. Buning sababi hozirgi kunda amaliy iqtisodiyotning ahamiyati uzluksiz ravishda ortib borishi hamda miqdoriy hisoblash va iqtisodiy nazariyalar va gipotezalarni baholash har qachongidan ham koʻproq zaruriyatga aylanib borishidadir.
Nazariy iqtisodiyotga koʻra ikki va undan ortiq oʻzgaruvchi orasida bogʻliqlik mavjud boʻlsa, amaliy iqtisodiyot kundalik hayotiy vaziyatlarda bu bogʻliqlikning dalilini talab qiladi. Real koʼrsatgichlarni qoʻllab, iqtisodiy bogʻliqlikni hisoblash usullarini oʻrgatuvchi fan ekonometrikadir
Soʻzma-soʼz ekonometrika iqtisodiyotda oʼlchashni anglatadi.
Mohiyatiga koʻra ekonometrika oʻz ichiga iqtisodiy maʼlumotlarni tahlil qilishda ishlatiladigan barcha statistik va matematik texnikalarni qamrab oladi.Iqtisodiy maʼlumotlardan bu statistik va matematik vositalari yordamida foydalanishdan asosiy maqsad, muayyan iqtisodiy taklif va modellarni isbotlash yoki rad etishga harakat qilishdir.
Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning oʻzaro bogʻliqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan.
Ekonometrika asoslari fani oʻzining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu bilan birga ekonometrika asoslarining mazmuni, uning tarkibi va qoʼllanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada boʼladi.
1.Iqtisodiy hodisalar miqdoriy xarakteristikalar nuqtai nazarida oʼrganiladi.
2.Iqtisodiy qonunlarning amaldagi jarayonlarga mos kelishi tekshiriladi.
3.Iqtisodiy nazariya.
4.Iqtisodiy hodisalarning sifat jihatlari oʼrganiladi.
5.Matematik iqtisodiyot. Iqtisodiy qonunlarning ifodasi matematik modellar shaklida olinadi.
6.Iqtisodiy statistikaning instrumentariylari iqtisodiy oʼzaro aloqalarni tahlil qilish va bashorat qilish uchun qoʼllaniladi.
Iqtisodiy koʼsatkichlarning katta qismi tasodifiy xarakterga ega boʻlganligi uchun matematik statistikaning apparatidan foydalaniladi.Iqtisodiy statistika.
Iqtisodiy maʼlumotlar koʼrgazmali shaklda namoyish etish uchun toʼplanadi va qayta ishlanadi
Matematika statistika. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, maʼlumotlarni tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bolib, uning maqsadi iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy olchamlarni berishdan iborat. Ekonometrika iborasi(sozi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan kiritilgan (u ekonometriya degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi malumotlariga algebriya va geometriya usullarini qollansa, u holda xojalik faoliyati natijalari togrisida yanada chuqurroq tasavvurga ega bolish mumkin” deb takidlagan. Ushbu ibora kop vaqt davomida ishlatilmagan bolsada, ekonometrika iborasi iqtisod ilmida yangi yonalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Ekonometriya (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va...metriya), ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; Ekonometrika iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. Ekonometrikada qoʻllaniladigan modellar yordami bilan statistika, prognoz va reja maʼlumotlar asosida miqdoriy natijalar olinadi. Ekonometrikaning paydo boʻlishi iqtisodiy tahlillar va taxminlash uchun iqtisodiy statistik usullar va yoʻlyoʻriqlarning zarurati bilan bogʻliq.
Iqtisodiy-statistik maʼlumotlarni matematik usulda oʻrganish 19-asrning oxirlari — 20-asrning boshlaridan boshlandi. 20-asrning 20—30-yillarida E. mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. "Ekonometrika." terminini dastlab polyak iqtisodchisi A. Chompa (1910) qoʻllagan, norveg iqtisodchisi, Xalqaro ekonometriya jamiyati (1930)ning asoschilaridan biri R. Frish unga ilmiy yoʻnalish berdi (1926). Dastlab E. doirasida iqtisodiy jarayonlar va ularga taʼsir etadigan omillar oʻrtasidagi korrelyatsion aloqalarni ifodalovchi analitikstatistik modellar ishlab chiqildi. Iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda iqtisodiy oʻsish modellaridan foydalanildi. Rus olimi L.V. Kantorovich normativ modellarni ishlab chiqishga katta hissa qoʻshdi.
Hozirgi Ekonometrika usullari yordamida prognozlashga oid koʻplab masalalarni yuqori aniqlik darajasida yechish mumkin. Hozirgi davrda E. iqtisodiy rivojlanishning matematik usullarini takomillashtirishda, iqtisodiy sikllilikni asoslash, talab va taklif koʻrsatkichlarini hisoblash, talabning oʻzgaruvchanlik xususiyatlarini baholash, ishlab chiqarish sarfxarajatlarini va jamgʻarish surʼatlari oʻzgarishlarini tahlil etish, ishlab chiqarishning tarmoqlararo bogʻlikdigini oʻrganishda va boshqalar masalalarni tadqiq va taxlil etishda qoʻllaniladi. Ekonometrika boʻyicha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti, Oʻzbekiston milliy universitetining amaliy matematika fti, ToshTU va Toshkent iqtisodiyot untlarida nazariy va amaliy ishlar olib boriladi.2017-yil Oʻzbekiston milliy universitetining Iqtisodiyot fakultetida Ekonometrika kafedrasi ochildi.2018-yildan boshlab esa bu kafedraga talabalar qabul qilinishi boshlandi.
Iqtisod fanida yangi yonalish - ekonometrika 1930 yilda paydo boldi. “Ekonometrika (grekcha metron”) sozi ikkita ekonomika” va metrika sozlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning ozida ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy hodisalarni olchash va tahlil qilish haqidagi fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni organishda bir nechta fanlarni birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bogliq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi, statistika va matematik usullarni birlashtirish va ozaro toldirish natijasida yuzaga kelgan. Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash texnikasi tadbiq etilgan.
1933 yilda R.Fisher tomonidan Ekonometrika” jurnaliga asos solindi. Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha tarif bergan: Ekonometrika-bu osha iqtisodiy statistika emas. Kop qismi miqdoriy xususiyatga ega bolgan iqtisodiy nazariyaning ham ozi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qollash ham emas. Tajriba shuni korsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bolmagan shartlaridir. Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”.
Garchi oʼlchash ekonometrikaning muhim qismi boʻsada, quyidagi sitatalardan koʼrish mumkinki, ekonometrikani qo„llash sohasi yanada kengroqdir:
"Ekonometrika iqtisodiyotning roliga boʼlgan maʼlum qarashlar natijasidir, bunda iqtisodiy maʼlumotlarga matematik statistikani qoʻllash orqali matematik iqtisodiyot boʼyicha tuzilgan modellar va olingan miqdoriy natijalarni empirik qoʻllab-quvvatlash imkonini beradi".
"...ekonometrika mantiqiy mushohada qilishning mos keluvchi metodlari asosida kuzatuvlar va nazariyani parallel ishlab chiqishga asoslangan real iqtisodiy hodisalarni miqdoriy tahlil qiladi
"...ekonometrika ijtimoiy fan sifatida aniqlanashi mumkin, unda iqtisodiy nazariyava matematikaning instrumentlari hamda statistik xulosalar iqtisodiy
hodisalarni tahlil qilishda qoʻllaniladi"
"...ekonometrika iqtisodiy qonunlarni empirik aniqlash bilan shugʻullanadi"
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni ozaro boglanishini miqdor jihatdan ifodalovchi fandir.
Dostları ilə paylaş: |