Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi: Usmonova R. S. Taqrizchilar: I f. d. X. Muxiddinov


-mavzu. Tenglamalar tizimi ko'rinishidagi ekonometrik model



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə10/27
tarix22.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#146570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Ekonometrikaga kirish (ma‘ruzalar matni) Qarshi – 2012 Tuzuvchi

8-mavzu. Tenglamalar tizimi ko'rinishidagi ekonometrik model
Reja:
1. Bir-biriga bog'liq tenglamalar tizimini tushunchalari va turlari.
2. Ekonometrik tenglamlar tizimi parametrlarini hisoblash uslubiyoti.
3.Ekonometrik tenglamalar tizimini indentifikasiyalash muammolari.

Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo'linadi:


a) tizimga bir-biri bilan bog'lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida echilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelni bir qismi bo'lib qoladi;
b) tizimga bir-biri bilan bog'langan statistik xususiyatga ega bo'lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya'ni ishchilar soni va asosiy fondlar o'z ta'sir kuchini ko'rsatadilar. O'z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo'yilmalar bilan bog'langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko'rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (F, P)
P = f(L)
F = f (Кq),
bu erda Y - asosiy ko'rsatkich, Р - ishchilar soni, F - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, Kq - kapital qo'yilmalar.
Bu ekonometrik tenglamar tizimida prognoz vaqtiga bir ko'rsatkich aniqlanib, uni natijasi orqali qolgan asosiy ko'rsatkichlarni aniqlash mumkin. Model iqtisodiyotga mos bo'lgan yo'nalishlarni, bog'lanishlarni aks etirish kerak.
Iqtisodiy o'sishni natijaviy ko'rsatkichi - bu milliy daromadni dinamikasi. Ishlab chiqarish jarayoniga va iqtisodiy o'sishga o'z ta'sirini ko'rsatadigan asosiy omillarga ishchilar soni, ishlab chiqarish fondlari, tabiat resurslari kiradi. Yaratilgan milliy daromad yoki pirovard mahsulot iste'mol fondi va jamg'arish fondidan iborat. Ular o'z navbatida ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslardan uchun ishlatiladilar. Iqtisodiy o'sishni logik modeli makroiqtisodiy jarayonda
Y=f(X1, Х2, Х3),
bu erda Y -milliy daromad yoki pirovard mahsulot;
X1, Х2, Х3 - ishchilar resurslari, ishlab chiqarish fondlar, tabiiy xom ashyolar.
Ekonometrik tenglamlar tizimi parametrlarini yuqorida keltirilgan “Eng kichik kvadratlar” usuli yordamida hisoblash mumkin.
Ekonometrik tizimlar bo'yicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan o'tish lozim:
1. Berilgan ma'lumotlar asosida korrelyasion tahlil o'tkaziladi:
a) xususiy korrelyasiya koeffisientlar matrisasi hisoblanadi;
b) juft korrelyasiya koeffisientlari matrisasi hisoblanadi.
2. Korrelyasion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi;
3. Qurilgan tenglamalar tizimi quyidagi mezonlar bo'yicha baholanadi:
a) Fisher mezoni;
b) Styudent mezoni;
v) Darbin-Uotson mezoni;
g) Ko'plik korrelyasiya koeffisienti;
d) Determinasiya koeffisienti;
e) approksimasiya xatoligi.
4. Qurilgan tenglamalar tizimi mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy ko'rsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi.
5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
a) o'rtacha unumdorlik omillari;
b) chegaraviy unumdorlik omillari;
v) resurslar bo'yicha elastiklik koeffisientlari;
g) resurslarga talab;
d) resurslarni almashtirish chegaralari.

Nazorat savollari.


1.Qaysi hollarda bir vaqtli ekonometrik modellar tuziladi va buning sababi nimada?
2.Bir vaqtli tenglamalar tizimini echishda qanday usullardan foydalaniladi?
3.Nima uchun ekonometrik modellar tenglamalar tizimi ko'rinishida ifodalanadi?
4.Tenglamlar tizimini identifikasiyalashda qanday muammolar mavjud?
5.Tenglamalar tizimida endogen o'zgaruvchilar qanday tanlanadi?
6.Ekzogen o'zgaruvchilar nima va ular ekonometrik modelda qanday ahamiyatga ega?
7.Tenglamalar tizimida lagli o'zgaruvchilar qanday hisobga olinadi?
8.Bir vaqtli tenglamalar tizimining iqtisodiy ahamiyati nimadan iborat?



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin