Ekonomika fakulteti mustaqil ish


X – M = Xn = Y-(S+I+G); b



Yüklə 86,27 Kb.
səhifə4/9
tarix19.12.2023
ölçüsü86,27 Kb.
#186903
1   2   3   4   5   6   7   8   9
azizbek makroiqtisodiyat 111

X – M = Xn = Y-(S+I+G); bu erda: X - eksport; M - import; Xn - sof eksport;
S + I + G -YAIMning bir kismi (absorbtsiya)
Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo`lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga kilgan xarajatlaridan kam bo`ladi va uni tashkaridan karz olish xisobiga yoki mavjud aktivlarning bir kismini xorijiy investorlarga sotish orkali koplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi.Sof xorijiy aktivlar (NFA) – bu, milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik kilgan mamlakat aktivlari o`rtasidagi farkni bildiradi.Joriy operatsiyalar balansida takchillik bo`lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf kilishga nisbatan ko`prok olib keladi.Misolimizga aksincha mamlakat joriy operatsiyalar bo`yicha balansi ijobiy koldikka ega bo`ladi. Bunda mamlakatda chet elda ko`chmas mulkni sotib olish yoki boshka mamlakatlarga karzga berishga yo`naltirilishi mumkin bo`lgan ortikcha xorijiy valyuta yuzaga keladi.
2.3.Kapital xarakati xisobi balansi.
Investitsiyalash va kreditlash bilan boglik operatsiyalar to`lov balansining keyingi bo`limida, ya`ni, kapitallar xarakati xisobida aks ettiriladi.Mamlakatda ma`lum bir vaktda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan boglik operatsiyalariga kapital xarakati xisobi deyiladi. Kapital xarakati xisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatbaxo qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshka aktivlarni olish-sotish bilan boglik kapitallar okimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport kilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya`ni valyuta tushumi ko`payadi (+150). Birok kapitalni olib kelish bilan bir vaktda uni olib chikish bilan boglik operatsiyalar xam amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko`rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital xarakati balansining koldigi – bu, uni olib kelish va olib chikish o`rtasidagi farkdir (+63). Kapital xarakati balnsi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar.
Xorijga aktivlarni sotish valyuta zaxirasini ko`paytirsa, sotib olish esa uni kamaytiradi. SHuning uchun kapital xarakati balansi barcha operatsiyalardan keladigan sof valyuta tushumlarini ko`rsatadi. Kapital xarakati xisobining ijobiy koldigi mamlakatda kapital ko`payishini bildirsa, uning salbiy koldigi mamlakatda kapital kamayishini bildiradi.Avval aytib o`tilganidek, joriy operatsiyalar bo`yicha balans va kapital xarakati balansi o`zaro chambarchas boglik. Bizning misolda birinchisining takchilligi (-87) katta kismi (+63) kapitalning sof okib kelishi xisobiga moliyalashtiriladi va aksincha, agar to`lov balansi joriy operatsiyalar bo`yicha musbat koldikka ega bo`lsa, kapital xarakati xisobi balans bo`yicha manfiy koldikka yo`l ko`yilgan bo`ladi.SHunday kilib, balansning bu ikki bo`limi bir-biri bilan tenglashib boradi.

Yüklə 86,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin