- muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori;
- sotilish lozim bo`lgan tovarlar summasi( tovarlar miqdori narxi) ;
- to`lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to`lovlar summasi;
- kreditga sotilgan tovarlar summasi;
- pulning aylanish tezligi.
Boshqa sharoitlar o`zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to`g`ri mutanosib , pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir.
Likvidlik – bu turli aktivlarning o`z qiymatini yo`qotmasdan ( ya`ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir.
Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag`lariga bo`lgan talab va pul taklifining o`zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
3
Pul taklifi– bu bozorda pul sifatida muomalada bo`lgan turli –tuman moliyaviy mablag`lar, ya`ni pul agregatlari yig`indisi hisoblanadi.
Pulga talab - bu ayirboshlash bitimlari va investitsion maqsadlar uchun pulga bo`lgan talab summasi.
Pul tizimi – bu mamlakatda mavjud pul birligi muomalasining tashkil qilish tartibi usullari va unga xizmat qiluvchi kredit muassasalaridir.