O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI IQTISODIYOT (SOHALAR VA TARMOQLAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI SIRTQI TA’LIM SHAKLI 3-KURS 5EK-81- GURUH TALABASI ABDURAXIMOV ABDULLONING MOLIYA ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Pul oqimlari va kapital
Reja:
1.Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushuncha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
2.Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larining tushumi va sarflanishi rejasini ishlab chiqish hamda boshqarish(8693)1
3.Tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari ularni shakllanishi va usullari
Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushincha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
Tadbirkorlik subyektlarining pul oqimlari to‘g‘risida tushincha va ularni boshqarishning uslubiy asoslari
Biznes subyektlarining moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishda pul oqimlarini to‘g‘ri rejalashtirish va boshqarish muhim rol o‘ynaydi. Pul oqimlari tadbirkorlik subyektining bir yil davomidagi barcha sarflangan va kirim qilingan pul mablag‘larining harakatini ifodalaydi. Subyektning «pul oqimlari» tushunchasi o‘zida faoliyatining uzluksizligi jarayoni davomida pul mablag‘lari tushumi va chiqimining taqsimlanish yig‘indisini aks etiradi.
Subyektlarning pul oqimlari tushunchasi moliyaviy boshqaruvning alohida obyekti sifatida nafaqat mahalliy, balki xorijiy adabiyotlarda ham moliyaviy boshqaruv bo‘yicha yetarli darajada o‘z aksini topmagan. Bu pul oqimlarining asosiy tarkibida pul aktivlarini boshqarish, moliyaviy resurslarni shakllantirishni boshqarish va bankrotlik xavfi sharoitida inqirozga qarshi subyektlarning boshqaruvi masalalari ko‘rib chiqiladi. Unga shuningdek, moliyaviy hisobotlar, pul mablag‘larining harakat dinamikasini tasvirlovchi buxgalterya hisobini yuritish kabi hisob turlari kiradi.